Raqamli tasvir nima

Raqamli tasvir — raqamli shaklda ifodalangan ikki o‘lchamli tasvir. Tavsiflash usuliga ko‘ra, tasvir rastrli yoki vektorli bo‘lishi mumkin. Birinchi raqamli tasvir 1957-yilda, AQSH va SSSR o‘rtasidagi sovuq urush avj olgan davrda paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda dastlabki raqamli fotoapparatlar ixtiro qilinib, ko‘p o‘tmay ommaviy foydalanishga chiqarilgan. Birinchi raqamli suratni AQSHlik muhandis Rassel Kirsh olgan bo‘lib, unda uning o‘g‘li aks etgan.

Rastrli tasvirlar

Rastrli tasvirlar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ikki o‘lchamli sonlar massivi ko‘rinishida ifodalanadi. Bunda har bir son tasvirning bitta elementiga, ya’ni pikselga mos keladi. Bu massivlar ko‘pincha siqilgan ko‘rinishda uzatiladi va saqlanadi.

Rastrli tasvirlar turli qurilmalar, masalan, raqamli fotoapparatlar, raqamli videokameralar, skanerlar va hokazolar yordamida olinadi yoki sun’iy ravishda kompyuter grafikasi vositalari yordamida yaratiladi.

Vektorli tasvirlar

Vektorli tasvirlarni yaratishda odatda primitivlar deb ataladigan quyidagi sodda geometrik obyektlar matematik tarzda tavsiflanadi: nuqtalar, chiziqlar, splaynlar, Bezye egri chiziqlari, doiralar, aylanalar va ko‘pburchaklar.