Psixolog kim

Psixolog (qad. yun. ψυχή — ruh, λόγος — bilim) — mutaxassis bo‘lib, u psixik hodisalarning shaxsda namoyon bo‘lishini, tashkil topish usullari va shakllarini inson faoliyatining turli sohalarida o‘rganadi. Bundan maqsad ilmiy-tadqiqot va amaliy vazifalarni hal qilish, shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash va hamrohlik qilishdan iborat.

Psixolog o‘rganadigan psixik hodisalar psixik jarayonlar, shaxsning xususiyatlari va holatlarini qamrab oladi. Bular inson faoliyatining quyidagi sohalariga tegishli: sog‘liqni saqlash tizimi, ta’lim, kasbiy faoliyat sohalari, biznes, sport, san’at, shuningdek, ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda boshqa sohalar.

Rivojlangan davlatlar va mamlakatlarning aksariyatida maxsus litsenziyaga ega tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, tadqiqot sohasi psixologiya bo‘lgan olimlar psixologlar qatoriga kiritiladi.

Tasnifi

Quyidagicha shartli tasnif mavjud:

Blyuma Vulfovna Zeygarnik — sovet psixologi, sovet patopsixologiyasi asoschisi
  • Nazariyotchi psixolog / tadqiqotchi. Qonuniyatlar va psixologik mexanizmlarni o‘rganish, tadqiq qilish va aniqlash, nazariyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
  • Amaliyotchi psixolog.
    Lev Semyonovich Vigotskiy — sovet bolalar psixologi
    Kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Amaliyotchi psixologlar, odatda, faoliyat yuritadigan sohasiga mos muayyan ixtisoslikka ega bo‘ladi (masalan, bolalar psixologi, klinik psixolog, sport psixologi).
Aleksandr Txostov — rossiyalik klinik psixolog
Yuriy Zinchenko — rossiyalik psixolog, maqolalar va kitoblar muallifi, Moskva davlat universiteti psixologiya fakulteti dekani, professor, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi

Odatda nazariyotchilar qatoriga kiritiladi, biroq psixologik faoliyatning bu yo‘nalishini alohida ajratish ham maqsadga muvofiq. Chunki o‘qituvchi pedagogik faoliyatdan tashqari, ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni amalga oshirish (psixologik maslahat berish, treninglar va amaliy seminarlar o‘tkazish), shuningdek, amaliy vazifalarni hal qilish (buyurtma asosida psixologik mahsulotlarni[noma’lum atama] ishlab chiqish va/yoki tayyorlash) imkoniyatiga ega. Bunday ishlar ta’lim muassasasida yoki undan tashqarida amalga oshirilishi mumkin.

Rossiyada

Psixolog, odatda, oliy psixologik ta’limni tamomlagan yoki oliy ma’lumot asosida «Psixologiya» mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘ladi. U quyidagi malakalarga ega bo‘lishi mumkin: «bakalavr», «psixolog», «magistr» — quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha: «psixologiya» va «klinik psixologiya».

Psixologning psixiatrdan asosiy farqlari quyidagilardan iborat:

  • Psixolog — shifokor emas, shu sababli tibbiy tashxislar qo‘ymaydi, retsept yozmaydi va dori vositalarini buyurmaydi. Tibbiyot muassasasida psixiatr-shifokor bilan hamkorlikda klinik psixolog zarur diagnostika, korreksiya, reabilitatsiya va profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi. Shuningdek, terapiya o‘tkazishda hamda davolash-diagnostika jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash tadbirlarida ishtirok etadi.
  • Psixologning tibbiyot muassasalaridan tashqaridagi faoliyatini litsenziyalash talab etilmaydi, ya’ni amaliyot bilan shug‘ullanishi uchun diplomning o‘zi yetarli.

Asosan, quyidagi hollarda psixologga murojaat qilinadi:

Adabiyotlar

  • Oliy kasbiy ta’limning davlat ta’lim standarti. 020400 «Psixologiya» mutaxassisligi. Malaka — psixolog, psixologiya fani o‘qituvchisi.
  • Vachkov I. V., Grinshpun I. B., Pryajnikov N. S. «Psixolog» kasbiga kirish. — Moskva: MPSI; Voronej: MODEK, 2007. — 464 b. — ISBN 978-5-9770-0153-3; ISBN 978-5-89395-845-4
  • Dubrovskaya A. A. Psixologning malakasi (psixologning ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatlar). // Onlayn resurs MYPSYDOC.RU (psixologning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar namunalari bilan).

Havolalar