Oddiy moddalar nima

Oddiy moddalar nima

Bir xil element atomlaridan iborat moddalar oddiy moddalar deyiladi. Masalan: H2, O2, N2 O3, C (grafit), C (olmos), Au, Fe va hokazo.

Oddiy moddalar gazsimon (H2, O2, Cl2, N2, He, Ne), suyuq (Br2, Hg), qattiq (Fe, Mg, Ca, S, P, I, ...) holatlarda bo‘1adi.

Oddiy moddalar bir atomli (Fe, Ag, Al, Na, K ...) va ko‘p atomli (O2, H2,Cl2, O3, S8, P4…) bo‘ladi. Shu sababli ular qattiq holda atomar va molekulyar kristall panjarali bo‘ladilar.

Oddiy moddalardan O2, N2, H2, Sg, He, Ne, Ar, Kr, Xe, C (grafit), S (olmos), Cl2, Hg, Au, Ag, Fe, Cu lar tabiatda erkin holda mavjud bo‘ladi. Ko'pchilik elementlar birikmalar tarkibida uchraydi. Ulami turli usullar bilan ajratilib, sofholda olinadi.

Mavjud 118 ta kimyoviy elementlarning har biri oddiy modda sifatida qabul qilinishi mumkin. Ularning har biri bir nechtadan oddiy mioddalarni allotropik shall oʻzgarishlarini hosil qilishi mumkin. Bunda oddiy modda tarkibidagi atomlar soni yoki atomlarning bir-biri bilan bog'lanish tartibi oʻzgaradi. Masalan, uglerod grafit, olmos, karbin, fulleren kabi oddiy moddalarni hosil qiladi, oltingugurtning esa rombik, plastik, kristall va amorf shakllari mavjud. Fosfor oq, qizil va qora fosforni hosil qiladi, kislorod esa O2 (kislorod) va O3 (ozon) kabi oddiy moddalarni hosil qiladi.

Allotropiya hodisasi oddiy modda va element orasidagi farqni ko'rsatadi. Masalan, uglerod element, yani bir turdagi atomlar uyushmasidir. Lekin oddiy qora qalam - grafit va qimmatbaho tosh hisoblanadigan olmos orasidagi farq katta. Oddiy moddalarning sifat tarkibi bir xil, tuzilishi va xossalarining har xil bo'lishi allotropiya hodisasi deyiladi. Har bir holatga to'g'ri keluvchi moddalar allotropik shakllar deyiladi.

Allotropik shakl oʻzgarishining kelib chiqishiga sabab - molekulada ayni element atomlari soni va ularning oʻzaro birikish tartibi har xilligidir. Qattiq moddalarda esa ayni element atomlarining bir-biriga nisbatan joylashish tartibi -kristall panjarasi har xil bo'ladi. Olmosda uglerod atomlari tetraedr hosil qilib, kubsimon kristall panjara vujudga keladi, grafitda olti yoqli prizma hosil boʻlib, ular qavat-quvat joylashadi.
Grafit va olmos uglerod elementining aalotropik shakllari bo'lib, ularni birini ikkinchisiga aylantirish mumkin, bunda ularning xossalari keskin o'zgaradi. Grafit va olmosning tarkibida faqat uglerod atomlari mavjud ekanligi sababli ularning ikkisi ham kislorodda yonib, bitta moddani-karbonat angidridni hosil qiladi.

Modda tarkibini aniqlash uchun o'tkaziladigan parchalash jarayoni analiz deyiladi. Birikma tarkibida qanday qismlar borligini aniqlash sifat analizi deyiladi. Birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash miqdoriy analiz deyiladi.
Moddani hosil qilish jarayoni esa sintez deyiladi.

UsulBirikma holatiOddiy moddalar
A. Qaytarish usuli
VodorodliOksidlar, galogenidlar va tuzlardariGa, In, Si, Ge, Mo,
W, Re, B
 
KarbotermiyaOksidlar va tuzlardanFe, Co, Ni, Si, Pb,
Sn, Zn, Cd, Cu, P,
As, Mo, W, Sb, Bi..
AlyuminotermivaOksidlardanCr, Fe, Co, Ni, Mn..
RuxtermiyaGalogenidlardanSi, Ag, Au
MagniytermiyaOksidlar va
galogenidlardao
.Be, Ti, Zr (Si), B,
Hf
Kalsiytermiya U, V, Nb, Ta, Sc,
La (lantanoidlar)
Elektroliz (katod)Galogenidlar,tuzlar va suvdanIshqoriy va ishqoriy yer materiallari Al, Ga, In, Tl, Be, Mg,
Zn, Mn, Cu, H2
B. Oksidlash usullari
Xlorning ta'siri,
elektroliz (anod)
Brornid, yodid,      
ftorid, xloridlarning suyuqlanmasi, eritmasi, suvBr2,I2, Cl2,F2, O2

Gazsimon moddalardan azot, kislorod, vodorod, suyuq holdagi moddalardan suv, spirt, kislotalar, qattiq holdagi moddalardan esa uglerod, grafit, muz, temir, alyuminiy bizga tanish.
Suyuq va qattiq moddalarda atom va molekulalar orasidagi masofa gazlardagiga nisbatan ancha yaqin boʻladi. Gaz, suyuq va qattiq holatlar moddaning agregat holatlaridir.
Modda holati temperatura va bosimga bogʻliq. Masalan, suv 101,325 kPa bosimda va 100°C dan yuqorida gaz (bug') holatida, 0°C va 100°C orasida suyuq holatda, 0°C dan past haroratda qattiq (muz) holatida boladi.
Moddalar agregat holatining oʻzgarishi fizik jarayon hisoblanadi va bunda modda tarkibi oʻzgarmaydi.

https://youtu.be/4v-zJ0yWai8