Node.js JavaScript muhiti

Node.js
Логотип программы Node.js
Turi ilovalar freymvorki[Vikimaʼlumot], erkin va ochiq kodli dasturiy taʼminot, bajarish muhiti, JavaScript bajarish muhiti[Vikimaʼlumot] va WebAssembly bajarish muhiti[Vikimaʼlumot]
Ishlab chiquvchilar OpenJS Foundation[Vikimaʼlumot] va Rayan Dal
Dasturlash tillari C++, C, JavaScript
Operatsion tizimlar Linux, Windows, BSD[Vikimaʼlumot] va macOS
Chiqarilgan sana 27-may 2009
Soʻnggi versiya
Kod repozitoriysi github.com/nodejs/node
Holati faol
Litsenziyasi MIT litsenziyasi
Veb-sayti nodejs.org (inglizcha)
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Node yoki Node.js (oʻqilishi: noud yoki noud-jey-es) — dasturiy platforma boʻlib, V8 dvijogiga asoslanadi (u JavaScriptni mashina kodiga kompilyatsiya qiladi). Platforma JavaScriptni tor ixtisoslashgan tildan umumiy maqsadli dasturlash tiliga aylantiradi. Node.js JavaScriptga kiritish-chiqarish qurilmalari bilan oʻzining API interfeysi orqali oʻzaro ishlash imkonini beradi. Bu interfeys C++da yozilgan. Shuningdek, u boshqa tillarda yaratilgan tashqi kutubxonalarni ulash va ularga JavaScript kodi orqali murojaat qilish imkonini beradi. Node.js asosan serverda veb-server sifatida ishlatiladi, biroq Node.js yordamida kompyuter uchun oynali ilovalar ham yaratish mumkin (masalan, NW.js, AppJS yoki Electron orqali Linux, Windows va macOS uchun) va hatto mikrokontrollerlarni ham dasturlash mumkin (masalan, tessel, low.js va Espruino). Node.js asosini hodisalarga yoʻnaltirilgan va asinxron (yoki reaktiv) dasturlash va bloklamaydigan kiritish-chiqarish modeli tashkil etadi.

Tarixi

Dastlab, 1996-yilda Netscape kompaniyasida server uchun JavaScript (Server-side JavaScript — SSJS) yaratishga urinishlar boʻlgan, ammo bu texnologiya keng tarqalmagan.

Rayan Dal, Node.js yaratuvchisi

Node.js dasturini Rayan Dal 2009-yilda server veb-komponentlarini yaratish ustidagi ikki yillik tajribalardan soʻng ishlab chiqqan. Tadqiqotlar davomida u oqimlarga (thread) asoslangan anʼanaviy parallellik modeli oʻrniga hodisalarga yoʻnaltirilgan tizimlardan foydalanish kerak, degan xulosaga kelgan. Bu model soddaligi, kam qoʻshimcha resurs talab qilishi («har bir ulanishga bittadan oqim» yondashuviga nisbatan) va yuqori tezligi sababli tanlangan. Node loyihasining maqsadi «kengaytiriladigan tarmoq serverlarini yaratishning oddiy usulini» taklif etishdir.

Node.js dasturini ishlab chiqish homiysi — Joyent.

2014-yil dekabrda mustaqil tarmoq (fork) yaratildi: io.js.

2015-yil may oyida io.js va Node.jsʼni birlashtirish hamda rivojlantirish ishlarini Node.js Foundation rahbarligida davom ettirishga qaror qilindi.

8-sentabr (2015-yil) kuni Node.js v4.0.0 chiqarildi. U Node.js v0.12.7 va io.js v3.3.0 birlashuvi natijasi edi.

Platforma rivojlanishidagi muhim voqealar sirasiga Atomics va SharedArrayBuffer imkoniyatlarining Node.js 9 versiyasida, shuningdek, worker_threads mexanizmining Node.js 10.5 versiyasida paydo boʻlishi (va Node.js 12 versiyasida sezilarli takomillashtirilishi) kiradi. Bu koʻp oqimli parallel ilovalar yaratish, parallel dasturlashning asosiy mexanizmlarini amalga oshirish va umumiy xotira bilan ishlash imkonini berdi.

Versiyalari

Versiya Holati Kod nomi Chiqarilgan sana Qoʻllab-quvvatlash tugash sanasi
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 0.10.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2013-03-11 2016-10-31
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 0.12.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2015-02-06 2016-12-31
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 4.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Argon 2015-09-08 2018-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 5.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2015-10-29 2016-06-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 6.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Boron 2016-04-26 2019-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 7.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2016-10-25 2017-06-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 8.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Carbon 2017-05-30 2019-12-31
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 9.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2017-10-01 2018-06-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 10.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Dubnium 2018-04-24 2021-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 11.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2018-10-23 2019-06-01
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 12.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Erbium 2019-04-23 2022-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 13.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2019-10-22 2020-06-01
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 14.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Fermium 2020-04-21 2023-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 15.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2020-10-20 2021-06-01
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 16.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Gallium 2021-04-20 2023-09-11
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 17.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2021-10-19 2022-06-01
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 18.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Hydrogen 2022-04-19 2025-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 19.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2022-10-18 2023-06-01
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 20.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan Iron 2023-04-18 2026-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 21.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2023-10-17 2024-06-01
Oldingi qoʻllab-quvvatlanadigan versiya: 22.x Oldingi qoʻllab-quvvatlanadigan versiya: Texnik xizmat bosqichidagi LTS Jod 2024-04-24 2027-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 23.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2024-10-15 2025-06-01
Oldingi qoʻllab-quvvatlanadigan versiya: 24.x Oldingi qoʻllab-quvvatlanadigan versiya: Faol LTS Krypton 2025-04-22 2028-04-30
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: 25.x Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya: Qoʻllab-quvvatlash tugagan 2025-10-15 2026-06-01
Joriy versiya: 26.x Joriy versiya: Joriy Lithium 2026-05-05 2029
Kelajakdagi versiya: 28.x Kelajakdagi versiya: Rejalashtirilgan Magnesium 2027 2030
Kelajakdagi versiya: 30.x Kelajakdagi versiya: Rejalashtirilgan Neon 2028 2031
Kelajakdagi versiya: 32.x Kelajakdagi versiya: Rejalashtirilgan Oxygen 2029 2032
Kelajakdagi versiya: 34.x Kelajakdagi versiya: Rejalashtirilgan Platinum 2030 2033
Shartli belgilar:
Eski, qoʻllab-quvvatlanmaydigan versiya
Oldingi qoʻllab-quvvatlanadigan versiya
Joriy versiya
Sinov versiyasi
Kelajakdagi versiya

Kod namunalari

Node.jsʼda HTTP-serverini yaratish va ishga tushirish; u quyidagi xabarni qaytaradi — Hello, world!:

// Подключение модуля http
const http = require("http");

// Создаём веб-сервер с обработчиком запросов
const server = http.createServer((incomingMessage, response) => {
  console.log("Начало обработки запроса");
  // Передаём код ответа и заголовки http
  response.writeHead(200, { "Content-Type": "text/plain; charset=UTF-8" });
  response.end("Hello, world!");
});

// Запускаем веб-сервер
server.listen(80, "127.0.0.1", () => {
  const info = server.address();
  console.log(`Сервер запущен ${info}`);
});

Quyidagi boshqa skript TCP-server yaratadi. U port 8080 da ulanishlarni tinglaydi va foydalanuvchi kiritgan barcha maʼlumotlarni ekranga chiqaradi:

// Подключение модуля net
const net = require("net");

// Создание TCP-сервера
const server = net.createServer((stream) => {
  // Установка кодировки
  stream.setEncoding("utf-8");
  // Объявление обработчика событий
  stream.on("data", (data) => {
    // Вывод данных в консоль
    console.log(data);
  });
});

// Запуск сервера
server.listen(8080, "127.0.0.1");

Uchinchi tomon paketlari

Node.js tarkibida oʻz paket menejeri — npm mavjud. U npmjs.com repozitoriysidan paketlarni oʻrnatish, eʼlon qilish va qidirish imkonini beradi. Barcha bogʻliqliklar node_modules papkasida joylashadi.

Ulardan foydalanish uchun avval Node.js loyihasini ishga tayyorlash (initsializatsiya qilish) kerak:

npm init

package.json va package-lock.json fayllari hosil boʻladi. Ularda loyiha hamda uning bogʻliqliklari haqida maʼlumot saqlanadi. Oʻrnatish quyidagi buyruq yordamida amalga oshiriladi:

npm install <packagename>

Oʻrnatish mumkin boʻlgan barcha paketlar va ularning qisqacha tavsifi:

npm search

Xuddi shu buyruq yordamida kerakli paketlarni alohida qidirish ham mumkin.

Shuningdek, package.json faylidagi barcha zarur bogʻliqliklarni oʻrnatish mumkin:

npm install

Adabiyotlar

Havolalar