| Android Studio | |
|---|---|
| | |
| | |
| Turi | ochiq kodli dasturiy ta’minot va integratsiyalashgan dasturlash muhiti |
| Operatsion tizimlar | GNU/Linux, Windows va macOS |
| So‘nggi versiya | |
| Sinov versiyasi | |
| Litsenziya | Apache License 2.0 |
| Veb-sayt | developer.android.com/… (inglizcha) |
Android Studio — integratsiyalashgan dasturlash muhiti (IDE) bo‘lib, Android platformasi uchun mo‘ljallangan. U 16-may kuni (2013-yil) o‘tkazilgan Google I/O konferensiyasida e’lon qilingan. Android Studio’ning so‘nggi versiyasi Android 4.1 va undan keyingi versiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu IDE 0.1-versiyasi 2013-yil may oyida chiqarilganidan boshlab erkin foydalanish uchun taqdim etilgan. U 0.8-versiyasi 2014-yil iyun oyida chiqarilgach beta-sinov bosqichiga o‘tgan. Ilk barqaror 1.0-versiya 2014-yil dekabr oyida chiqarilgan. O‘sha vaqtda Android Development Tools (ADT) plaginini qo‘llab-quvvatlash ham to‘xtatilgan. Mazkur plagin qo‘llanilgan muhit — Eclipse.
Android Studio dasturiy jihatdan IntelliJ IDEA asosiga qurilgan; mazkur dasturiy mahsulotni JetBrains kompaniyasi ishlab chiqqan. Android Studio Android ilovalarini ishlab chiqish uchun rasmiy muhitdir. Bu muhit Windows, macOS va GNU/Linux tizimlarida mavjud. 17-may kuni, 2017-yilgi Google I/O konferensiyasida Google Android Studio’da ishlatiladigan Kotlin tilini Android platformasidagi rasmiy dasturlash tili sifatida tan olganini, bu til Java va C++ bilan birga qo‘llab-quvvatlanishini e’lon qildi.
Xususiyatlari
O‘rnatilgan ProGuard va ilovalarni imzolash vositasi. Android’ning asosiy maketlari va komponentlari uchun shablonlar. Android Wear hamda Android TV uchun ilovalar ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash. Google Cloud Messaging va App Engine xizmatlari bilan integratsiyani o‘z ichiga olgan Google Cloud Platform’ni qo‘llab-quvvatlash[manba 452 kundan beri ko‘rsatilmagan].
Cheklovlar
Fayllarning avtomatik saqlanishini butunlay o‘chirib qo‘yish imkoniyati mavjud emas. Bu ishlab chiquvchilarning muqobil variantni nazarda tutmaydigan qat’iy qaroridir. Ularning fikricha, bunday yondashuv ayrim foydalanuvchilar uchun qulay yoki odatiy bo‘lgan usuldan samaraliroq. Muayyan nuqtayi nazardan, shu tufayli ba’zi foydalanuvchilarning fayllardagi ishlanmalari o‘z vaqtida saqlanib, yo‘qolib ketmagan bo‘lishi mumkin. Bu esa dasturlash ishlarini davom ettirishda yanada ko‘proq qulaylik yaratadi[manba 452 kundan beri ko‘rsatilmagan].
Imkoniyatlar
Android Studio’ning har bir yangi versiyasi bilan yangi funksiyalar paydo bo‘ladi. Hozirda quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- Kengaytirilgan maket muharriri: WYSIWYG, UI komponentlari bilan Drag-and-Drop usulida ishlash hamda maketni bir nechta ekran konfiguratsiyasida oldindan ko‘rish imkoniyati.
- Ilovalarni yig‘ishda foydalaniladigan Gradle.
- Turli yig‘ish variantlari va bir nechta .apk faylini yaratish.
- Kodni qayta tuzish (refaktoring) imkoniyati
- Kodning statik tahlil vositasi (Lint) unumdorlik, versiyalarning mos kelmasligi va boshqa muammolarni aniqlashga imkon beradi.
- O‘rnatilgan ProGuard hamda ilovalarni imzolash vositasi.
- Android’ning asosiy maketlari va komponentlari uchun shablonlar.
- Quyidagilar uchun ilovalar yaratishni qo‘llab-quvvatlash: Android Wear va Android TV.
- O‘rnatilgan Google Cloud Platform qo‘llab-quvvatlovi, jumladan Google Cloud Messaging va App Engine.
- Android Studio 2.1 Android N Preview SDK ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ishlab chiquvchilarga yangi dasturiy platforma uchun ilovalar yaratishni boshlash imkonini beradi.
- Android Studio 2.1 ning yangi versiyasi yangilangan Jack kompilyatori bilan ishlay oladi, Java 8 ni yaxshiroq qo‘llab-quvvatlaydi va takomillashtirilgan Instant Run funksiyasiga ega[manba 211 kundan beri ko‘rsatilmagan].
- Platform-tools 23.1.0 versiyasidan boshlab Linux — faqat 64 bitli.
- Android Studio 3.0’da dastlabdan Kotlin tili vositalari mavjud bo‘lib, ular JetBrains IDE muhitiga asoslangan.
Tizim talablari
| Windows | OS X | Linux | |
|---|---|---|---|
| Operatsion tizim versiyasi | Microsoft Windows 11/10/8/7/Vista (64 bit) | Apple macOS 10.8.5 yoki undan yangi, eng ko‘pi 10.13 (High Sierra)/ 10.14 (Mojave) | GNOME yoki KDE |
| Protsessor | VT-x ni qo‘llab-quvvatlaydigan x86-64 Intel, AMD-V ni qo‘llab-quvvatlaydigan AMD yoki ARM (Apple uchun) | ||
| Tezkor xotira | 8 GB (kamida), 16 GB (tavsiya etiladi) | ||
| Diskdagi bo‘sh joy | Kamida 8 GB (IDE uchun 2,5 GB + 5.5 GB Android SDK va emulyator tizimining tasviri uchun), 32 GB SSD (tavsiya etiladi) | ||
| JDK versiyasi | Java Development Kit 8 | ||
| Ekran o‘lchamlari | 1280 x 800 (kamida) | ||
| Qo‘shimcha | — | Java Runtime Environment (JRE) 6 | GNU C Library (glibc) 2.31 yoki undan yuqori |
Havolalar
- Rasmiy sahifa — developer.android.com saytida.
- Google I/O 2013 anjumanidagi taqdimot videosi — YouTube’dan