Neyrosekretsiya — bu gormonlarning neyrosekretor deb ataladigan maxsus nerv hujayralarida hosil bo‘lishi va ulardan ajralib chiqishidir. Shu tarzda hosil bo‘lgan gormonlar neyrogormonlar deb ataladi. Tuban umurtqasiz hayvonlarda neyrosekretor hujayralar nerv tizimi bo‘ylab tarqoq joylashgan, tuzilishi murakkabroq hayvonlarda esa ular ixtisoslashgan neyrosekretor markazlarda to‘plangan.
Umurtqalilar
Yuksak tuzilgan umurtqali hayvonlarda, jumladan, odamda ham neyrogormonlarni asosan ajratib chiqaruvchi tuzilma — gipotalamus.
Hasharotlar
Hasharotlarda neyrosekretsiya jamlangan tuzilma — prototserebrum (protocerebrum).
Qo‘shimcha manbalar
- Neyrosekretsiya / Alyoshin B. V. // Morshin — Nikish. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1974. — B. 418—419. — (Katta sovet ensiklopediyasi : [30 jildda] / bosh muharrir A. M. Proxorov ; 1969—1978, j. 17).