kVA va kW — Xalqaro birliklar tizimi (SI, International System of Units)da quvvatni o‘lchashda ishlatiladigan birliklar. Kilovolt-amper (kilovolt-amps) qisqacha kVA — ko‘rinma quvvat (apparent power)ni, kilovatt (kilo watt) qisqacha kW esa haqiqiy quvvat (real power)ni o‘lchaydi. kVA va kW orasidagi bog‘lanish proporsional.
kVA va kW
kVA va kW orasidagi munosabat matematik jihatdan quyidagicha beriladi:
| kW = kVA × PF |
Bu yerda:
- kW — haqiqiy quvvatni o‘lchovchi birlik.
- kVA — ko‘rinma quvvatni o‘lchovchi birlik.
- PF — quvvat koeffitsiyenti (Power Factor).
kW kVA ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsional, ya’ni:
- kW oshsa, mos ravishda kVA ham oshadi.
- kW kamayса, mos ravishda kVA ham kamayadi.
- kVA kamayса, kW ham kamayadi.
- kVA oshsa, kW ham oshadi.
AC va DC zanjirlarda kVA va kW orasidagi bog‘lanish
AC quvvati (Power of AC) va DC quvvati (Power of DC) kVA va kW orasidagi munosabatga bog‘liq holda farq qiladi, chunki bu bog‘lanish o‘zgaruvchan tok (alternating current, AC) zanjirlaridan to‘g‘ri tok (direct current, DC) zanjirlariga o‘tganda o‘zgaradi. Buni matematik ko‘rinishda quyidagicha yozish mumkin:
| Shart (Condition) | Formula | |
| AC zanjir (AC Circuit) | Quvvat koeffitsiyenti > 1 | kW = kVA × PF |
| DC zanjir (DC Circuit) | Quvvat koeffitsiyenti = 1 | kW = kVA |
kVA → kW hisoblash
kVA va kW — quvvatning ikkala birligi ham fizika masalalarini yechishda muhim. kVA ni kW ga aylantirish formulasi quyidagicha:
- Misol: agar quvvat koeffitsiyenti 0.5 bo‘lsa va kW 120 ga teng bo‘lsa, unda
kW → kVA hisoblash
kW ni kVA ga aylantirish formulasi quyidagicha beriladi:
- Misol: agar quvvat koeffitsiyenti 0.5 bo‘lsa va kVA 120 ga teng bo‘lsa, unda
Umid qilamizki, siz o‘zgaruvchan tok (AC) va to‘g‘ri tok (DC) zanjirlari uchun elektr toki quvvatida kW va kVA orasidagi munosabatni tushunib oldingiz.