O'zaro ta'sirlashuvchi moddalarning tabiatiga, "elementar akt"da qatnashuvchi zarrachalar (atom, molekula, radikallar, ionlar) holatiga ko'ra quyidagi reaksiya turlari mavjud. Oddiy reaksiyalar - bu molekulalar o'rtasida boruvchi kimyoviy o'zgarishlardir:
N2+3H2 = 2NH3
CaO+CO2 = CaCO3
2NO+Cl2 = 2NOCI
2KCl+PtCl4 = K2[PtCl6]
Bunday reaksiyalar valentliklari to'yingan zarrachalar o'rtasida borib, ularning faollanish energiyasi (Efaol = 150-450 kJ/mol) juda yuqori bo'lgani uchun ancha qiyinchilik bilan sodir bo'ladi va maxsus sharoitlarda boradi.
Aksariyat hollarda moddalar erituvchida eritilib, reaksiya eritmada boradi. Eritmada moddalar ionlarga parchalangani uchun ionlar o'rtasida o'zaro ta'sirlashuv Efaol < 80 kJ/mol bo'lgani uchun juda tez boradi. Masalan:
Ag++ Cl- → AgCl va Ba²++ SO2-4→ BaSO4
Ba'zi hollarda elektrorazryad, qizdirish, nurlash va mexanik ta'sir natijasida moddalar elektron chiqarishi tufayli molekulyar ionlar hosil bo'ladi. Bunday reaksiyalar ham juda tez boradi. Yuqoridagi ta'sirlar mobaynida molekulalar tarkibidagi bog'larni hosil qiluvchi elektronlar jufti ikkala atomlar o'rtasida teng taqsimlanmaydi. Bu geterolitik parchalanish deyiladi. Shunday reaksiyalar ham borki, ularda kimyoviy bog'ni hosil qilgan elektron jufti atomlar o'rtasida teng taqsimlanadi, ya'ni gomolitik ajralish natijasida valentligi to'yinmagan faol zarrachalar radikallar hosil bo'ladi. Ko'pchilik reaksiyalar radikal mexanizmda boradi va bu reaksiyalar (Efaol < 40 kJ/mol) juda tezlik bilan boradi. Radikallar hosil bo'lishiga misollar:

Radikal mexanizmida koʻpchilik polimerlanish reaksiyalari va zanjir reaksiyalari boradi.
Zanjir reaksiyalari. Biror faol markaz hosil bo'lib, bu faol markaz reaksiyaga kirishuvchi moddalarning o'zaro ta'sirini bir- biriga uzatilishi bilan boruvchi reaksiyalardir. Misol sifatida HCl sintezini ko'rib chiqaylik.
Reaksiyaning umumiy tenglamasi: H₂ + Cl₂→ 2HCl. Reaksiya borishi uchun H₂ va Cl₂ gazlari aralashmasiga ultrabinafsha nur, quyosh nuri, yonib turgan magniy metali ta'sir ettirsa bo'ldi, bunda xlor molekulasidan Cl- radikallari hosil bo'ladi:
Cl:Cl → Cl + Cl
Hosil bo'lgan Cl atom radikallari vodorod molekulasiga ta'sir etadi:
Cl + H - H = HCl + H (Efaol = 24 kJ/mol).
Shu bilan zanjir reaksiya boshlanib, H· - atom radikali Cl₂ molekulasiga ta'sir etadi:
H· + Cl-Cl = HCl + Cl· (Efaol = 8 kJ/mol)
Shu tartibda reaksiya davom etaveradi:
Cl· + H₂→ HCl + H·
2H· + Cl₂ → HCl + Cl·
2Cl· + H₂ → HCl + H·
2H· + Cl₂ → HCl + Cl·….
Zanjirning uzunligi bir necha yuz ming birlikkacha boradi. Hosil bo'lgan radikallarning o'zaro to'qnashuvlari.
