Jinsiy mayl

Martin van Maele, Maisons des Flagellation (Qamchilash uylari) — Pyer Mak Orlanning asariga ishlangan illyustratsiya, 1926

Jinsiy mayl — istaklar va ular bilan bog‘liq kechinmalar majmui bo‘lib, uning asosida hayotni davom ettirishga qaratilgan biologik instinktlar yotadi. U jinsiy yaqinlikka intilishni o‘z ichiga oladi. Bu intilishning namoyon bo‘lish darajasi va yo‘nalishi xromosomalarning genetik to‘plami, miyaning oraliq bo‘limi (diensefalon), ichki sekretsiya bezlarining rivojlanishi hamda individual psixososial tajriba ta’sirida shartli reflekslar majmuasining shakllanishi bilan belgilanadi.

Atamaning qo‘llanilishi

  • Jinsiy mayl ko‘pincha jinsiy aloqa qilish istagini uyg‘otadi. Bundan bevosita maqsad homila paydo bo‘lishi emas, balki jinsiy mayl tufayli yuzaga keladigan tabiiy jinsiy ehtiyojlarni qondirish hamda kuchli emotsional va fiziologik lazzat olishdir.[manba 3321 kundan beri ko‘rsatilmagan]
  • Asosiy tushunchalardan biri — psixoanaliz asoschisi Froyd ta’riflagan libidodir. U jinsiy mayl asosida yotuvchi ruhiy energiyaning alohida turi sifatida tushuniladi. Zamonaviy seksologiyada libido atamasi sinonim sifatida, ya’ni «jinsiy mayl» ma’nosida qo‘llanila boshlagan.

Jinsiy mayl fiziologiyasi va psixologiyasi

Jinsiy mayl jinsiy gormonlar bilan bog‘liq. Sotsiolog I. S. Kon fikricha, jinsiy mayl insonning quyidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi:

  • Relaksatsiya (zo‘riqishdan xalos bo‘lish) — jinsiy qo‘zg‘alish natijasida yuzaga kelgan zo‘riqishni bartaraf etish orqali erishiladigan holat. Relaksatsiyada faqat fiziologik ehtiyoj qondiriladi, bunda sherikning shaxsiy sifatlariga deyarli e’tibor berilmaydi; zo‘riqishdan xalos bo‘lishning eng oddiy vositalaridan biri sifatida masturbatsiya ham xizmat qilishi mumkin.
  • Nasl qoldirish, bunda jinsiy mayl farzand ko‘rishdek muayyan maqsadga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
  • Lazzatlanish. Ko‘pgina hollarda jinsiy munosabatlar faqat yoqimli hislarni tuyish maqsadida amalga oshiriladi. Buning uchun ko‘pincha maxsus usullar, rolli o‘yinlar qo‘llaniladi, yangilik hissiga erishish maqsadida munosabat sharoitlari o‘zgartiriladi va qo‘shimcha sheriklar jalb etiladi.
  • Bilish. Jinsiy mayl bilan bog‘liq bilishga qaratilgan harakatlar ko‘pincha bolalik davridayoq kuzatiladi.
  • O‘zini tasdiqlash. Ba’zan jinsiy munosabatga kirishish muayyan jins vakili sifatida o‘zining munosibligini isbotlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu ko‘proq o‘smirlik davriga xosdir. Voyaga yetgan insonda bunday ehtiyojning mavjudligi, odatda, psixologik muammolar alomatidir.
  • Odat. Ko‘p marta takrorlangan jinsiy harakatlar qat’iylashgan harakatlar shaklini (QHS) hosil qiladi va ularni bajarishning o‘zi ehtiyojga aylanadi.
  • Kompensatsiya (o‘rnini to‘ldirish). Jinsiy munosabatlar boshqa faoliyat turlarining hamda emotsional ochlikni qondirish usullarining o‘rnini bosishi mumkin. Bunday jinsiylikka majburiy takrorlanish xususiyati va ehtiyojlar qondirilgandek tuyulishi xosdir.

Adabiyotlar

  • Y. P. Ilyin. 14.2 Erkaklar va ayollarda jinsiy mayl // Jins va gender. — Sankt-Peterburg: Lider, 2010. — B. 308—313. — 688 bet — («Psixologiya ustalari»).
  • K. E. Izard. Emotsiyalar psixologiyasi. — Sankt-Peterburg: Lider, 2009. — 464 bet — («Psixologiya ustalari»).
  • Z. Froyd. Jinsiylik nazariyasiga oid uchta ocherk. — Moskva: Prosveshcheniye, 1990. — ISBN 5-09-003787-6.

Havolalar