Ijtimoiy xulq-atvor (ingl. Social behavior) — o‘zaro ta’sir, bunda ikki yoki undan ortiq individ (alohida organizm) bir turga mansub populyatsiya doirasida bir-biri bilan munosabatga kirishadi.
Insonning ijtimoiy xulq-atvori yoki ijtimoiy xarakterini o‘rganadigan fan — ijtimoiy psixologiya. Ijtimoiy xulq-atvor jamoa bo‘lib yashaydigan ko‘plab hayvonlarga (masalan, primatlarga, asalarilarga) ham xos bo‘lib, uni etologlar, zoopsixologlar va boshqa mutaxassislar o‘rganadi. Hayvonlardagi ijtimoiy xulq-atvorni Nikolas Tinbergen ayni bir tur vakillari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir sifatida ta’riflaydi va har qanday guruhiy faoliyat ham ijtimoiy bo‘lavermasligini alohida ta’kidlaydi. Masalan, hayvonlarning o‘rmon yong‘inidan qochishi ijtimoiy xulq-atvor hisoblanmaydi. Bu instinktga asoslangan, o‘zini o‘zi saqlashga qaratilgan reaksiya. Ijtimoiy xulq-atvorni tushuntirishda iqtisodiy omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlovchi konsepsiya iqtisodiy determinizm konsepsiyasidir (ingl. Economic determinism).
Adabiyotlar
- Fet A. I. Instinkt va ijtimoiy xulq-atvor. / 2-nashr. — Moskva: «Sova», 2008.
- Fernhem Adrian, Heyven Patrik «Shaxs va ijtimoiy xulq-atvor»