| G‘aznaviylar | |
|---|---|
| forscha غزنویان | |
| G‘aznaviylar davlati (997 - 1030) | |
| Mamlakat | G‘aznaviylar davlati |
| Asoschisi | Alptegin |
| So‘nggi hukmdor | Xusrav Malik |
| Tashkil topgan yili | 962 |
| Sulolaning tugashi | 1186 |
| Unvonlari | |
| G‘azna sultoni | |
G‘aznaviylar (forscha غزنویان) — Somoniylarning turkiy noibi tomonidan G‘azni shahrida (hozirgi Janubiy Afg‘oniston) asos solingan va 962—1186-yillarda hukmronlik qilgan sulola. Ular Xuroson, Afg‘oniston, Xorazm, Buxoro, Gurgon va Hindistonning shimoliy viloyatlari hududlarini egallagan davlatga asos solganlar.
Tarixi
Sulolaning asoschisi — sarkarda Alptegin bo‘lib, u Somoniylar davlatining janubiy viloyatlarida noib bo‘lgan.
Uning kuyovi Sabuktegin — G‘aznaviylar davlatining asoschisi. Sulolaning eng ko‘zga ko‘ringan hukmdori — Mahmud G‘aznaviy. 962-yilda Alptegin o‘ziga sodiq bo‘lgan g‘ulom soqchilariga tayanib, o‘zini G‘azni shahrining mustaqil hukmdori deb e’lon qildi. Sabuktegin (977—997) va uning o‘g‘li Mahmud G‘aznaviy (998—1030) davrida G‘aznaviylar davlati o‘z qudratining eng yuqori cho‘qqisiga erishdi. G‘aznaviylar saroyida Beruniy, Utbiy, Bayhaqiy, Gardiziy, Firdavsiy va boshqa atoqli olim hamda shoirlar yashab, ijod qilganlar. Mas’ud I (1030—1041) davrida davlatning parchalanishi boshlandi, 1186-yilda esa hukmdor Xusrav Malik [1160—1186 (yoki 1187)] davrida G‘aznaviylar davlati va sulolasi o‘z faoliyatini tugatdi.
G‘aznaviylar sulolasi hukmdorlari ro‘yxati
G‘aznaviylar sulolasi: Alptegin (962-?), Sabuktegin (977—997), Ismoil (997—998), Mahmud (998—1030), Muhammad (1030), Mas’ud I (1030-41), Mavdud (1041—1048), Mas’ud II (1049), Ali Abul Hasan (1049—1051), Abdurashid (1051—1053), To‘g‘rul (1053), Farruxzod (1053—1059), Ibrohim (1059—1099), Mas’ud III (1099—1115), Sherzod (1115—1116), Arslon (1116—1117), Bahromshoh (1117—1153), Xusravshoh (1153—1160), Xusrav Malik (1160—1186 yoki 1187).
| № | Ismi | Unvoni | Hukmronlik yillari | Tavsifi |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Sabuktegin | G‘azna amiri Sipohsolor | 977—997 994—997 | Sabuktegin qul bo‘lgan. Uni Alptegin sotib olgan va u Alpteginning g‘ulomlaridan biriga aylangan. Sabuktegin Alpteginning ishonchli kishisi bo‘lib, uning qiziga uylangan. Uning hukmronligi davrida janubga, Hindistonga harbiy yurishlar uyushtirilgan. 994-yilda Sabuktegin Somoniylar amiri Nuh II ga isyonchilar ustidan g‘alaba qozonishda yordam bergan hamda «din himoyachisi» unvonini va Xuroson noibligini olgan. Amalda Xuroson G‘aznaviylar saltanatining bir qismiga aylangan. |
| 2 | Ismoil ibn Sabuktegin | G‘azna amiri | 997—998 | Ismoil 997-yilda otasi Sabuktegin vafotidan so‘ng taxtga o‘tirdi. Ismoil akasi Mahmudni qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilish huquqidan mahrum etishga uringanidan keyin Mahmud G‘aznani qamal qilib, Ismoilni taslim bo‘lishga majbur etdi. |
| 3 | Mahmud G‘aznaviy | Sipohsolor G‘azna amiri Amir (Xuroson) G‘azna sultoni | 995—997 998—999 999 999—1030 | 1001-yilda Mahmud Panjobning shimoli-g‘arbiy qismini egalladi, 5 yil o‘tgach esa Janubiy Panjob bosib olindi. 1001-yilda u Qoraxoniylar bilan do‘stlik shartnomasini tuzdi va Buxoro hukmdori Nasrxon I ning qiziga uylandi. Biroq 1006 va 1007-yillarda Qoraxoniylar qo‘shinlari G‘aznaviylar davlati hududiga bostirib kirdi, ammo Mahmud qo‘shini tomonidan tor-mor etildi. Mahmudning istilochilik urushlari natijasida ulkan imperiya vujudga keldi. Uning tarkibiga hozirgi Afg‘oniston hududlari, Panjob, Xuroson va Amudaryo oqimi bo‘ylab joylashgan viloyatlar, jumladan, Xorazmgacha bo‘lgan hududlar kirgan. Mahmud saroyida mashhur shoir va olimlar (Beruniy, Firdavsiy va boshqalar) faoliyat yuritgan. |
| 4 | Muhammad G‘aznaviy | G‘azna amiri | 1030 | |
| 5 | Mas’ud I G‘aznaviy | G‘azna sultoni | 1030—1040 | |
| 6 | Muhammad G‘aznaviy (takroran) | G‘azna amiri | 1040—1041 | |
| 7 | Mavdud ibn Mas’ud | G‘azna sultoni | 1041—18-dekabr 1049 | |
| 8 | Mas’ud II ibn Mavdud | G‘azna sultoni | 1049—29-dekabr 1049 | |
| 9 | Ali ibn Mas’ud | G‘azna sultoni | 29-dekabr 1049—1050 | |
| 10 | Abdurashid ibn Mahmud | G‘azna sultoni | 24-yanvar 1050—1052 | |
| 11 | To‘g‘rul Bo‘zon | G‘azna sultoni | 1052—1053 | Avvalgi hukmdor davrida bosh qo‘mondon etib tayinlangan. To‘g‘rul Bo‘zon 1051-yilda Saljuqiylarni tor-mor etib, Sistonni egalladi. So‘ng G‘azni tomon yurib, 1052-yilda sulton Abdurashid va o‘n bir shahzodani o‘ldirib, taxtni egalladi. U la’natlangan, shum, takabbur va nafratga sazovor shaxs sifatida tanilgan. |
| 12 | Farruxzod ibn Mas’ud | G‘azna sultoni | 1053—1059 | |
| 13 | Ibrohim ibn Mas’ud | G‘azna sultoni | 6-aprel 1059—25-avgust 1099 | |
| 14 | Mas’ud III ibn Ibrohim | G‘azna sultoni | 1099—1115 | |
| 15 | Sherzod ibn Ibrohim | G‘azna sultoni | 1115—1116 | |
| 16 | Arslonshoh ibn Mas’ud | G‘azna sultoni | 1116—1117 | |
| 17 | Bahromshoh ibn Mas’ud | G‘azna sultoni | 1117—1157 | |
| 18 | Xusravshoh ibn Bahromshoh | G‘azna sultoni | 1157—1160 | |
| 19 | Xusrav Malik ibn Xusravshoh | G‘azna sultoni | 1160—1186 |
Shajarasi
| 1. Sabuktegin (hukmronligi: 977—997) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 2. Ismoil (hukmronligi: 997—998) | 3. Mahmud (hukmronligi: 998—1030) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 4. Muhammad (hukmronligi: 1030—1031) | 9. Abdurashid (hukmronligi: 1050—1052) | 5. Mas’ud I (hukmronligi: 1030—1041) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 6. Mavdud (hukmronligi: 1041—1049) | 8. Ali (hukmronligi: 1050) | 11. Farruxzod (hukmronligi: 1052—1059) | 12. Ibrohim (hukmronligi: 1059—1099) | 10. To‘g‘rul Bo‘zon (hukmronligi: 1052) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 7. Mas’ud II (hukmronligi: 1049) | 13. Mas’ud III (hukmronligi: 1099—1115) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 14. Sherzod (hukmronligi: 1115—1116) | 15. Arslonshoh (hukmronligi: 1116—1117) | 16. Bahromshoh (hukmronligi: 1117—1157) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 17. Xusravshoh (hukmronligi: 1157—1160) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 18. Xusrav Malik (hukmronligi: 1160—1186) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Adabiyotlar
- Rijov K. V. G‘aznaviylar // Dunyoning barcha monarxlari. Musulmon Sharqi. VII—XV asrlar. — Moskva : Veche, 2004. — 544 b. : rasmlar bilan. — (Ensiklopediyalar). — 3000 nusxa — ISBN 5-9533-0384-X.
- G‘aznaviylar // Brokgauz va Yefron ensiklopedik lug‘ati : 86 jildda (82 jild va 4 qo‘shimcha jild). — Sankt-Peterburg, 1890—1907.
- G‘aznaviylar davrida Lahor. Kanval Xolid, PhD, Lahordagi Panjob universiteti San’at va dizayn kolleji dotsenti. (inglizcha)