| Gastroparez | |
|---|---|
| | |
| XKT-11 | DA41.00 |
| XKT-10-KM | K31.84 |
| XKT-9 | 536.3 |
| XKT-9-KM | 536.3 |
| OMIM | MTHU005170 |
| DiseasesDB | 32575 |
| MedlinePlus | 000297 |
| MeSH | D018589 |
Gastroparez — ovqat hazm qilish tizimining buzilishi bo‘lib, bunda oshqozon mushak apparati faolligi pasayadi.
Alomatlari
Gastroparezning asosiy belgilari — ko‘ngil aynishi va qusish. Gastroparezning boshqa belgilari:
- qorin og‘rig‘i,
- qorin dam bo‘lishi,
- erta to‘yish
- va og‘ir holatlarda, ovqat iste’molining kamayishi (alomatlar tufayli) sababli vazn yo‘qotish.
Ovqat iste’molining kamayishi va iste’mol qilinadigan oziq-ovqat turlarining cheklanishi oziq moddalar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Qusish gastroparezda odatda ovqatlangandan keyin yuz beradi. Biroq, gastroparez og‘ir kechganda, qusish ovqatdan keyin emas, balki oshqozonda ovqat to‘planishi sababli ham sodir bo‘lishi mumkin. Odatda, qusish ovqatlangandan bir necha soat o‘tgach, oshqozon yangi iste’mol qilingan va avvalgi ovqatlanishdan qolgan ovqat bilan maksimal darajada to‘lganda kuzatiladi.
Ba’zan gastroparezda gastroezofageal reflyuks kasalligi.
Xavf omillari
- Qandli diabet
- Oshqozonning qisman rezeksiyasi yoki vagotomiya, bariatrik jarrohlik, reflyuksga qarshi jarrohlik
Tashxislash
- Sintigrafiya
- Radiokapsula
- Nafas testi
Davolash
- Parhez — oz-ozdan va tez-tez ovqatlanish tartibi
- Dopamin D2-retseptori antagonistlari:
- Serotonin 5-HT4-retseptorlari agonistlari
- Piloromiotomiya