| Chuqur venalar trombozi | |
|---|---|
| ChVT kuzatilgan o‘ng oyoqdagi teri qizarishi va shish | |
| XKT-11 | BD71 |
| XKT-10 | I80.2 |
| XKT-9 | 453.40 |
| DiseasesDB | 3498 |
| MedlinePlus | 000156 |
| eMedicine | med/2785 |
| MeSH | D020246 |
Chuqur venalar trombozi (ChVT) — patologik holat bo‘lib, u tromblar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi; ular chuqur venalarda asosan pastki oyoq-qo‘llarda uchraydi. Ushbu kasallik aholining 10―20 % ida uchraydi. Aholi orasida tarqalish ko‘rsatkichi 50 dan 160 tagacha holat bo‘lib, bu 100 000 kishiga to‘g‘ri keladi. Davolanmagan taqdirda, o‘lim holatlarining 3—15 % iga sabab bo‘ladi: o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi (O‘ATE) tufayli yuz bergan o‘limlar. Biroq yuqori qo‘lning chuqur venalari trombozidan o‘lim ehtimoli nihoyatda past. Kasallikning kechki asorati posttrombotik sindrom.
Xavf omillari
- Orttirilgan omillar
- keksalik,
- jarrohlik amaliyoti, xususan, ortopedik operatsiyalar,
- oshqozon osti bezi saratoni,
- kamharakatlik, o‘troq turmush tarzi, xususan, aviaqatnovlar,
- homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davr,
- antifosfolipid sindromi,
- semizlik,
- jarohatlar,
- kontratseptiv vositalaridan foydalanish, xususan, kombinatsiyalangan og‘iz kontratseptivlari,
- gormonal o‘rnini bosuvchi terapiya,
- qizil yuguruk (lupus),
- haqiqiy politsitemiya,
- kimyoterapiya,
- tamaki chekish,
- markaziy venoz kateterning mavjudligi,
- gipsli bog‘lamning mavjudligi.
- Aralash omillar:
- qonda gomotsistein miqdorining yuqori bo‘lishi,
- qonda fibrinogen miqdorining yuqori bo‘lishi,
- qon ivishining VIII omili miqdorining yuqori bo‘lishi,
- qon ivishining IX omili miqdorining yuqori bo‘lishi,
- qon ivishining XI omili miqdorining yuqori bo‘lishi.
- Tug‘ma omillar:
- antitrombin yetishmovchiligi,
- C va S oqsillari yetishmovchiligi,
- V Leyden omili bilan bog‘liq gemostaz tizimidagi mutatsiyalar,
- protrombin G20210A,
- disfibrinogenemiya,
- qon guruhi,
- XIII omil 34val,
- fibrinogen (G) 10034T.
Profilaktika
- Aviaqatnovlar vaqtida kompression paypoq kiyish.
- Kompression paypoq (siquvchi trikotaj) kiyish.
- Paypoq va geparin kombinatsiyasini qo‘llash jarrohlik amaliyotlaridan keyin (to‘g‘ri ichakda).
- Past molekulyar massali geparin va boshqa dori vositalarini homiladorlik davrida va undan keyin ChVTning oldini olish uchun qo‘llash samarali emas.
- Operatsiyalardan keyin ChVT profilaktikasi uchun antikoagulyantlar va boshqa choralar samaradorligini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q.
- ChVTning oldini olish uchun jismoniy usullardan foydalanish insultdan keyin o‘zini oqlamaydi.
Konservativ davolash
- Rejimga rioya qilish:
Ultratovushli angioskanerlash o‘tkazilguniga qadar o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining oldini olish maqsadida qat’iy yotoq rejimiga rioya qilish zarur. Tekshiruvdan so‘ng venoz trombozning okklyuziv va devorga yopishgan shakllari aniqlangan bemorlar darhol harakatlana boshlashi kerak.
- Elastik kompressiya:
ChVT bilan kasallangan bemorlarga 2-3-sinf kompression trikotaj kiyish zarur. Pastki oyoq-qo‘l arteriyalarining surunkali obliteratsiyalovchi kasalliklarida elastik kompressiyani ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Orqa katta boldir arteriyasidagi mintaqaviy sistolik bosim 80 mm sim. ust. dan past bo‘lsa, kompressiya qo‘llash mumkin emas.
- Antikoagulyant terapiya:
ChVT bilan kasallangan barcha bemorlarga antikoagulyant terapiya ko‘rsatiladi. Davolashni antikoagulyantlarning terapevtik dozalarini parenteral yuborishdan boshlash kerak. Past molekulyar massali geparin (PMMG) yoki fondaparinuksdan foydalanish, keyinchalik bilvosita antikoagulyantlarga — Varfarin.
Jarrohlik yo‘li bilan davolash
ChVTda jarrohlik aralashuvining maqsadi O‘ATEning oldini olish va/yoki venoz o‘zan o‘tkazuvchanligini tiklash, shuningdek, venoz klapanlar faoliyatini saqlab qolish hamda posttrombotik kasallik kechishining og‘irligini kamaytirishdan iborat. Jarrohlik amaliyoti hajmini tanlash trombozning joylashuvi, tarqalish darajasi, kasallik davomiyligi, hamroh kasalliklarning mavjudligi, bemor ahvolining og‘irligi hamda jarroh ixtiyoridagi texnik va instrumental ta’minotga asoslanishi kerak.
Manbalar
- Pastki oyoq-qo‘llarning chuqur va yuzaki venalaridagi o‘tkir trombozlarni davolashda antikoagulyant terapiya. «Trudniy patsiyent» jurnali
- Chuqur venalar trombozi — Patient.co.uk
- Venoz tromboemboliyani antitrombotik davolash: Amerika ko‘krak qafasi shifokorlari kolleji (ACCP)ning 2016-yilgi tavsiyalaridan parchalar. shifokorlar uchun ma’lumot
- Homiladorlik davrida tug‘ma trombofiliyalar va venoz tromboz xavfi shifokorlar uchun ma’lumot
- Venoz tromboemboliya nima? bemorlar uchun ma’lumot
- Venoz tromboemboliya xavfi guruhiga kimlar kiradi? bemorlar uchun ma’lumot