Garda ko‘li

Ko‘l
Garda
ital. Lago di Garda
Спутниковый снимок
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan surat
Morfometriya
Mutlaq balandligi65 m
O‘lchamlari51,9 × 16,7 km
Maydoni370 km²
Eng katta chuqurligi346 m
O‘rtacha chuqurligi136 m
Havza
Havzasining maydoni2260 km²
Quyiladigan daryoSarka
Oqib chiqadigan daryoMincho
Joylashuvi
45°38′00″ sh. k. 10°40′00″ sh. u.HGЯO
Mamlakat
HududlarLombardiya, Veneto, Trentino-Alto-Adije
Италия
Точка
Garda
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Garda (Lago-di-Garda, ital. Lago di Garda, eskirgan nomi: Benak ko‘li lot. Benacus lacus) — Italiyadagi eng katta ko‘l bo‘lib, Alp tog‘larining janubiy etaklari yaqinidagi muzlik-tektonik kelib chiqishga ega botiqda joylashgan. Dengiz sathidan 65 m balandlikda yotadi.

O‘lchamlari

Ko‘lning uzunligi 54 km, kengligi esa 3 km dan 16,7 km gacha. Suv yuzasining maydoni 370 km². Eng katta chuqurligi 346 m, o‘rtacha chuqurligi 136 m. Ko‘lda kemalar qatnaydi.

Gidrologiya

Ko‘l Po daryosi havzasiga kiradi. Garda ko‘lidan Mincho daryosi (Po daryosining chap irmog‘i) oqib chiqadi. Ko‘lga Sarka va Aril daryolari quyiladi (Aril Yevropadagi eng qisqa daryo hisoblanadi). Havzaning maydoni 2260 km².

Tavsifi

Garda ko‘li botig‘i pleystotsen davridagi chekka muzliklar ta’sirida shakllangan tektonik cho‘kmadir. Ko‘lning shimoliy qismi tor va uzun bo‘lib, fyordni eslatadi. Bu qismni o‘rab turgan tog‘ tizmalari 2000 m gacha balandlikka yetadi. Ko‘lning janubiy qismi kengroq bo‘lib, morena yotqiziqlaridan tashkil topgan. Garda ko‘li sovuq shamollardan himoyalangan, uning qirg‘oqlarida O‘rta dengizga xos qalin va serhasham o‘simliklar o‘sadi. Ko‘ldagi eng katta orol — Garda oroli. Ko‘lda quyidagi baliqlar keng tarqalgan: italyan foreli, kumja, golavl, karp, daryo ilonbalig‘i, nalim, treska, cho‘rtanbaliq, daryo olabug‘asi va lin.

Iqlim

Iqlimi O‘rta dengizga xos bo‘lib, tog‘ iqlimi xususiyatlari ham kuzatiladi. Yanvarning o‘rtacha harorati 3—4 °C, iyulniki 23—24 °C. Yillik yog‘in miqdori 1100 millimetrgacha yetadi. Sentabrda ko‘l suvining harorati 21 °C bo‘ladi.

Turizm

Garda ko‘li yirik turizm markazlari — Milan va Venetsiya shaharlari o‘rtasida joylashgani sababli, uning qirg‘oqlarida mashhur kutyuryelarning turli shoulari va moda namoyishlari tez-tez o‘tkaziladi.

Ko‘l qirg‘oqlarida ko‘plab kurortlar joylashgan: Garda, Sirmione, Dezentsano-del-Garda, Bardolino, Malchezine, Riva-del-Garda va boshqalar.

Ko‘l bo‘yida Italiyadagi eng yirik bolalar ko‘ngilochar bog‘i — Gardalend, okeanarium — Seaworld, akvapark — Canevaworld, ko‘ngilochar bog‘ — Movilend, shuningdek, italiyalik yozuvchi Gabriele d’Annunsioning mulki joylashgan. Bu hududda kemachilik, baliq ovlash va turizm rivojlangan.

Galereya

Garda ko‘lining panoramasi

Adabiyotlar

  • Garda ko‘li // Brokgauz va Yefron ensiklopedik lug‘ati : 86  jild (82  jild va 4  qo‘shimcha). — Sankt-Peterburg, 1890—1907.
  • G. Borelli, Bir ko‘l, bir sivilizatsiya: Garda (Un lago, una civiltà: il Garda), Verona, Banca popolare di Verona, 1983.
  • Edizioni d’Arte Lettore, Garda ko‘li (Lago di Garda), Si.Be Group, Verona, 2004.

Havolalar