Fujita shkalasi (ing. Fujita scale), shuningdek Fujita — Pierson shkalasi yoki F-shkala nomlari bilan ham tanilgan bo‘lib, 1971-yilda professor Teodor Fujita tomonidan tornadolarni tasniflash uchun joriy qilingan. Ushbu shkala 6 ta kategoriya (F0 dan F5 gacha) dan iborat. Eng ko‘p uchraydigan tornadolar F0—F2 kategoriyalariga mansub. F3—F5 toifasidagi girdoblar esa ancha kam uchraydi.
| Kategoriya | Shamol tezligi | Xususiyatlari | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| mil/soat | km/soat | m/s | ||||
| F0 | 40—72 | 64—116 | 18—32 | Kuchsiz zarar.
Mo‘ri, yo‘l belgilarini va televizor antennalarini shikastlaydi, eski daraxtlarni yiqitadi, reklamalarni uchirib yuboradi, oynalarni sindiradi. |
|
|
| F1 | 73—112 | 117—180 | 33—50 | O‘rtacha zarar.
Uylarning tomlarini uchirib yuboradi, yog‘och va mobil uylarga katta zarar yetkazadi yoki ag‘darib yuboradi, oynalarni sindiradi, mashinalarni suradi, katta daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlaydi, yengil binolar va garajlarni buzadi. |
|
|
| F2 | 113—157 | 181—253 | 51—70 | Jiddiy zarar.
Yaxshi qurilgan uylardan tomni uchirib yuboradi, yog‘och va mobil uylarga zarar yetkazadi, daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlaydi, mashinalarni uchirib yuboradi. |
|
|
| F3 | 158—206 | 254—332 | 71—92 | Kuchli zarar.
Yaxshi qurilgan uylardan tom va devorlarni buzadi, poyezdlarni ag‘daradi, yengil uylarga zarar yetkazadi, ko‘plab daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlaydi, mashinalarni havoga ko‘taradi, osmono‘par binolarni qiyshaytiradi, yengil yo‘l qoplamasini yulib yuboradi. |
|
|
| F4 | 207—260 | 333—418 | 93—116 | Vayronkor zarar.
Yaxshi qurilgan uylarga vayronkor ta’sir ko‘rsatadi, yengil uylardan havoga ko‘taradi, osmono‘par binolarni buzishi mumkin, katta daraxtlarni uzoqqa olib ketadi, mashinalarni uzoqqa suradi. |
|
|
| F5 | 261—318 | 419—512 | 117—142 | Haddan tashqari zarar.
Ulgurji vayronagarchilik: yaxshi qurilgan uylardan poydevorini ham uchirib yuboradi va butkul buzadi, mashinalarni 100 metr va undan ortiq masofaga olib ketadi, daraxtlarni ildizi bilan yulib tashlaydi va po‘stlog‘ini sidirib yuboradi, asfaltni yulib tashlaydi, ko‘priklarni buzishi mumkin, osmono‘par binolarni vayron qiladi, temir-beton inshootlarga va baland binolarga katta zarar yetkazadi. |
|
|





