Dermatologiya nima

Dermatoskop
Teri allergik sinamasi

Dermatologiya (yunoncha δέρμα, (qaratqich kelishigi δερματός) — «teri» va λόγος — «ta’limot») — tibbiyotning bir bo‘limi bo‘lib, terining va uning hosilalarining — soch va , tirnoqlarning hamda shilliq pardalarning, tuzilishi va faoliyatini, shuningdek teri va uning hosilalari hamda shilliq pardalar kasalliklarini, ularning oldini olish va davolash usullarini o‘rganadi.. Jarrohlik nuqtayi nazaridan, yuqorida sanab o‘tilgan muammolar bilan ularning sababiga qarab quyidagi mutaxassisliklar shug‘ullanishi mumkin: plastik jarrohlik, kuyish jarrohligi (terining og‘ir termik va nurlanish ta’siridagi shikastlanishlari, teri porfiriyasi, vitiligo, albinizm, jarrohlik aralashuvini talab qiladigan holatlarda), yuz-jag‘ jarrohligi (suyak usti pardasi yallig‘lanishlari, o‘smalar, dermoid kistalar), travmatologiya (terining va unga tutash to‘qimalarning travmatik shikastlanishi, shuningdek travmatik infeksiyalar holatlarida), umumiy yiringli-septik jarrohlik (piodermiya, flegmona, furunkul, karbunkul, trixofitiya) hamda gangrenoz-nekrotik jarrohlik (teri va teri osti yog‘ to‘qimasining nekrozlari).

Terapevtik jihatdan dermatologiya differensial tashxis qo‘yishda boshqa tizimli tibbiyot mutaxassisliklari bilan topografik jihatdan bog‘liq: infektologiya (venerologiya, teri va teri osti hosilalarining transmissiv virusli hamda parazitar kasalliklari), toksikologiya (toksidermiya, psevdoporfiriya va dermatopatiyalardagi boshqa toksik reaksiyalar), gematologiya (politsitemiya, eritromegaliya va gemoblastozlarning teridagi ko‘rinishlari, petexiyalar, gemorragik toshmalar, vaskulitlar), revmatologiya (tizimli kollagenozlarda), endokrinologiya (qandli diabet, gipotireoz, gipertireoz va qalqonsimon oldi bezlari kasalliklarida teridagi o‘zgarishlar), onkologiya (melanoma va teri hamda uning hosilalarining boshqa o‘smalari); shuningdek nevrologiya (neyrodermit, ataksiya-telangikineziya, genetik jihatdan belgilangan neyrokutan sindromlar) va allergologiya (Layell sindromi, Stivens — Jonson sindromi, eshakemi toshmalari, angionevrotik shish hamda dori vositalari ta’sirida, ayrim hollarda esa infeksion patogenlar ta’sirida yuzaga keladigan boshqa teri-allergik reaksiyalar).

Tarixi

Dermatologiya tibbiyot fanining eng qadimiy sohalaridan biridir. Teri kasalliklari va ularni davolash usullari o‘rganilganiga oid hujjatli dalillar eramizdan avvalgi taxminan 1.5 ming yilga taalluqlidir.

Bu sohada quyidagi mutaxassisliklar farqlanadi:

Havolalar