Davriy sistema guruhi

Guruh — kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi atomlarning yadro zaryadi ortib borishiga ko‘ra tartiblangan, bir xil elektron tuzilishga ega ketma-ketligidir.

Guruh raqami elektronlarning atom tashqi qobig‘idagi (valent elektronlar) soniga qarab belgilanadi va odatda atomning eng yuqori valentligiga mos keladi.

Davriy sistemaning qisqa davrli ko‘rinishida guruhlar ikki turdagi guruhchalarga — asosiy (yoki A guruhchalari; ular birinchi va ikkinchi davr elementlaridan boshlanadi) hamda yonaki (B guruhchalari; ular d-elementlarni o‘z ichiga oladi) — ajratiladi. Guruhchalar yadro zaryadi eng kichik bo‘lgan element nomi bilan ham ataladi (odatda, asosiy guruhchalar uchun ikkinchi davr elementi, yonaki guruhchalar uchun esa to‘rtinchi davr elementi asos qilib olinadi). Bir guruhchadagi elementlar o‘xshash kimyoviy xossalarga ega.

Bir guruhdagi elementlarda yadro zaryadi ortishi bilan elektron qavatlar soni ko‘payib, atom radiuslari kattalashadi. Natijada [manba 3510 kundan beri ko‘rsatilmagan] elektrmanfiylik kamayadi, [manba 3510 kundan beri ko‘rsatilmagan] metallik xossalar kuchayib, [manba 3510 kundan beri ko‘rsatilmagan] metallmaslik xossalar susayadi; qaytaruvchilik xossalari kuchayadi, oksidlovchilik xossalari esa ular hosil qiladigan moddalarda susayadi.

Guruhlarni raqamlash

1989-yildan boshlab Xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi (IUPAC) davriy sistemaning asosiy shakli sifatida uzun davrli ko‘rinishni tasdiqlagan. Shu munosabat bilan IUPAC guruhlarni uzluksiz tartibda arab raqamlari bilan 1 dan 18 gacha raqamlashni tavsiya qiladi.

Shunga qaramay, an’anaviy raqamlash tizimlari ham qo‘llanib kelmoqda. Ularda rim raqamlari va lotin harflari ishlatiladi. Bu tizimlar Amerika va Yevropa uchun farq qiladi.

Hozirgi raqamlash tizimida quyidagi guruhlar mavjud (qavs ichida eski Yevropa va Amerika tizimlaridagi belgilanishlar keltirilgan):