Chor Bakr majmuasi

Chor-Bakr
39°46′28″ sh. k. 64°20′04″ shq. u.HGYO
Turi nekropol (qadimiy qabriston)
Mamlakat  O‘zbekiston
Joylashuvi Buxoro tumani
Чор-Бакр (Узбекистан)
Точка


Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar

Chor-Bakr (o‘zb. Chor Bakr, kelib chiqishi — fors. چهاربکر‎) — nekropol bo‘lib, Sumitan qishlog‘ida joylashgan. Qishloq Buxorodan besh kilometr masofada, O‘zbekiston hududida joylashgan. Ilgari bu qishloq darveshlarning Xojagon tariqati uchun boshpana bo‘lgan. Bu tariqat xonlik hokimiyatiga tayanch bo‘lib xizmat qilgan. Chor-Bakr O‘rta Osiyodagi eng yirik nekropol hisoblanadi.

Chor-Bakrda shayxlarning qabrlari bor. Ular Jo‘ybor sayyidlari sulolasiga mansub[o‘zb.]. Nekropol ancha yirik me’moriy majmua bo‘lib, YUNESKO katalogiga kiritilgan. Nekropol nomi fors tilidan «To‘rt Bakr» deb tarjima qilinadi. U Abu Bakr ismli to‘rt shayx[o‘zb.] (Abu Bakr Sa’d, Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Muhammad va Abu Bakr Tarxon) sharafiga nomlangan. Chet ellarda nekropol «O‘liklar shahri» nomi bilan ko‘proq tanilgan.

Tarixi

Avliyo Hazrat Eshon Imlo mozori

Sumitan qabristoni deb ham ataladigan Chor-Bakr yodgorlik majmuasi Shayboniylar hukmdori Abdullaxon II tomonidan 1559-yilda barpo etilgan bo‘lib, uning tarkibiga maqbara, masjid, madrasa va baland devorlar bilan o‘ralgan katta hovli kiradi. Keyingi asrlarda qo‘shimcha binolar qurilib, majmua qo‘shni hududlar hisobiga kengaytirilgan. Abdullaxon II ushbu yodgorlik majmuasini qurish uchun 70 000 ta oltin tanga ajratgan. Majmuaning markaziy inshooti — to‘rt tomonida ham eshiklari bo‘lgan maqbara. U ikki qavatli bo‘lib, ikkita xona va yuqori qismida gumbazli xonaga ega. Mehrob (ibodat uchun mo‘ljallangan tokcha) maqbaraning qibla tomonida joylashgan. Maqbara gumbazi arki do‘zi (Арки дузи) uslubida ishlangan. Maqbaraning old devoriga 61- va 62-oyatlar o‘yib yozilgan. Ular Baqara surasiga tegishli. Hovlining uzunligi 20 metr, old kirish qismining kengligi esa 12 metr.

Chor-Bakr yodgorlik majmuasidagi madrasa — eng nufuzli madrasalardan biri bo‘lib, 1950, 1971 va 1999-yillarda restavratsiya qilingan. Majmuadagi masjid nafis uslubda qurilgan va old tomonida xonalar mavjud. Masjidning old qismiga Isro surasi o‘yib yozilgan. Masjid eshiklari Buxoroda o‘sadigan qarag‘ay yog‘ochidan tayyorlangan. Majmuadagi minora 1890-yilda Mirzo Xo‘ja Jo‘yboriy tomonidan avvalgi minora poydevori ustiga qurilgan. Majmuaning umumiy maydoni 40 gektar, qabristonning bir qismi esa 12 gektarni egallaydi. Chor-Bakr yodgorlik majmuasida markaziy maqbaraning janubida joylashgan Sa’dullo Xo‘ja maqbarasi ham bor. Ushbu maqbaraning sharqiy tomonida uchta xona mavjud. Uning ichkarisida xonalar va qabrlar joylashgan. Bundan tashqari, majmuada Akobir Xo‘ja, Nasriddin Xo‘ja, Abdulaziz Xo‘ja, Atoullo Xo‘ja, Zaynab Sulton Xo‘ja, Obid Xo‘ja, Poshshoyim Xo‘ja, Sa’dullo Xo‘ja va boshqa xo‘jalarning (diniy yetakchilarning) maqbaralari joylashgan.

Obyektning tavsifi va holati

Флаг ЮНЕСКО Jahon merosi — YUNESKO ro‘yxatidagi quyidagi obyektning bir qismi: № 602 Buxoro
rus. • ingl. • frans.

Chor-Bakr nekropoli o‘ziga xos «o‘liklar shahri»dir — bu yerda ko‘chalar, hovlichalar va darvozalar bor, ammo uylar o‘rnida oilaviy daxmalar va qabr toshlari joylashgan. Nekropol markazida uchta asosiy bino — masjid, xonaqoh va madrasa bor. Masjid hamda xonaqohning old fasadlari peshtoqlar va ravoqsimon toqilar shaklida, yon fasadlari esa lodjiyalar (ichkariga botgan ayvonlar) ko‘rinishida bo‘lib, ikki qavat qilib joylashtirilgan.

Havolalar