Minorai Kalon

Kalon minorasi
o‘zb. Minorai Kalon
39°46′32″ sh. k. 64°24′54″ sh. u.HGYO
Turi Minora
Mamlakat  O‘zbekiston
Shahar Buxoro
Dini islom
Inshoot turi minora (burj)
Quruvchilar mahalliy aholi hamda taklif etilgan ustalar va ishchilar
Me’mor usta Baqo
Bunyodkori Arslonxon Muhammad
Bunyod etilgan sana 1127-yil
Asosiy sanalar
Maqomi
Balandligi 46,5 metr
Materiali pishiq g‘isht
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Arslonxon minorasi, shuningdek, Buxoro minorasideb ham ataladi. Ko‘proq Kalon minorasi (arab-fors. «Minorai Kalon» (arab-fors. مناره کلان — Minara-e Kalan) — so‘zma-so‘z «Katta minora») — minora juma masjidiga tegishli bo‘lib, u Buxoroning tarixiy markazida (O‘zbekiston), 1127-yilda qoraxoniy hukmdori Arslonxon (1102—1130) tomonidan qurdirilgan. Hukmdor shaharsozlik faoliyati bilan ham tanilgan.

Kalon minorasi Buxoroning ramzi, shahardagi eng baland va eng qadimiy me’moriy yodgorliklardan biri bo‘lib, shu turdagi eng e’tiborli inshootlardan biri sifatida musulmon Sharqida alohida o‘rin tutadi.

Ilk o‘rta asrlarga mansub ushbu minora yagona me’moriy majmua tarkibidagi Kalon masjidi, Mir Arab madrasasi va amir Olimxon madrasasibilan birga Buxoro tarixiy markazining boshqa yodgorliklari qatorida YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Tarixi

Kalon minorasi jome masjidi yonida qoraxoniy hukmdori Arslonxonning shaxsiy mablag‘i hisobidan barpo etilgan.

Dastlab minora tepasida yog‘ochdan ishlangan fonar (yuqori qism)bo‘lgan. Qurilish tugaganidan ko‘p o‘tmay, minora noma’lum sababga ko‘ra qulab tushgan. Uni 1127-yilda qayta qurganlar. Bu safar minora butunlay pishiq g‘ishtdanbarpo etilgan. Minora deyarli o‘zgarmagan holatda saqlanib qolgan. O‘z davrida u bir nechta vazifani bajargan: jome masjidining minorasi, uning tepasidan azon (ya’ni musulmonlarni namozga chaqirish); kuzatuv minorasi; mayoq, shahar tashqarisidan ham uzoqdan ko‘rinib turgan.

1920-yilda Qizil armiyaning Buxoroga hujumi paytida minora artilleriyaning nishonga olingan o‘qlaridan zarar ko‘rgan: snaryad fonarningdeyarli yarmini uchirib yuborgan. Keyinchalik fonar tiklangan, biroq yuqori karnizning ikki qavati qayta tiklanmagan. Shundan beri karniz muqarnaslarning uch qavatidan iborat bo‘lib qolgan va uning balandligi ham o‘zgargan. Bu o‘zgarish minoraning umumiy qiyofasida aks etgan.

1924-yilda devorning kichik bir qismi va muqarnaslar ta’mirlangan. 1960-yilda usta Ochil Bobomurodov minoraning yer osti qismini (poydevori va asosini) ta’mirlab, mustahkamlagan. 1997-yilda Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan minora eng mohir ustalar tomonidan mukammal rekonstruksiya va restavratsiya qilingan. Keyingi yillarda ham minorada kichik ko‘lamdagi ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Tavsifi

Minora tasviri tushirilgan O‘zbekiston banknotasi

Kalon minorasi yuqoriga qarab konussimon ingichkalashib boradigan ulkan g‘isht ustundan iborat. Uning tepasida silindrsimon fonar-rotunda joylashgan. U muqarnasli tojgao‘rnatilgan. Fonarda o‘n oltita ochiq ravoqli tuynuk mavjud. Ularning ustida ham muqarnasli bezakdan iborat karniz — sharafa joylashgan. Minora juma masjidining janubi-sharqiy burchagida joylashgan va masjid tomiga ravoqli kirish ko‘prigi orqali tutashgan.

Minora tanasining balandligi 46,5 metr. Uning asosidagi aylana uzunligi 30,43 metr, diametri esa 9,7 metr. Bunday asosdan ham kattaroq diametrli inshoot O‘rta Osiyoda faqat Qutlug‘ Temur minorasi bo‘lib, u Ko‘hna Urganchdajoylashgan. Buxoro minorasining tanasi yuqoriga tomon sezilarli darajada torayadi; asosidan taxminan 32 metr balandlikda, fonar ostida uning diametri 6 metrga teng.

Minoraning yumaloq tanasi 10 qirrali supagatayanadi. Balandligi 185 santimetrdan ortiq bo‘lgan bu asos ham, butun minora singari, o‘ta mustahkam pishiq g‘ishtdan (27х27х5 santimetr) qurilgan. G‘ishtlar ganchli qorishma bilan terilgan; vaqt o‘tishi bilan g‘isht va qorishma yaxlit, monolit massaga aylangan. Bu esa inshootning mazkur hudud uchun kam uchraydigan darajada yaxshi saqlanishini ta’minlagan.

Minoraning yer ostidagi qismi — chuqurligi noma’lum bo‘lgan g‘ishtin poydevor . Maxsus qazilgan shurf (qidiruv chuquri)13 metr chuqurlikkacha yetgan, biroq poydevorning tagiga yetmagan. Poydevorning pastki qismi loyli (lyossli) qorishma bilan terilgan. Yuqoriga ko‘tarilgan sari qorishmaga ganch va o‘simlik kuliqo‘shilgan, loyning ulushi esa kamaygan. Natijada minora supasida lyossli qorishma umuman ishlatilmagan. Poydevorning nihoyatda tekis va aniq terilgan g‘isht qatlamlari orasidan sariq ohaktosh plitalaridan iborat uchta belbog‘ o‘tgan.

Minoraning bezaklari juda yaxshi pishirilgan, sirlanmagan g‘ishtchalar va koshinlardan iborat. Devorlari turli xil, nafaqat geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari, devorlarga tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar bitilgan.

Galereya

Adabiyotlar va manbalar

Havolalar