Amniotsentez nima

Amniotsentez
MeSH D000649
MedlinePlus 003921
Логотип Викисклада Vikimedia Commons’dagi media fayllar

Amniotsentez — invaziv muolaja bo‘lib, punksiya qilish orqali amniotik qobiqdan homilaoldi suyuqligini olish, uni keyinchalik laboratoriyada tekshirish, amnioreduksiya (амниоредукция) yoki amniotik bo‘shliqqa dori vositalarini yuborish uchun bajariladi. Amniotsentezni homiladorlikning birinchi, ikkinchi va uchinchi trimestrlarida bajarish mumkin (eng maqbul muddat — homiladorlikning 16-20 haftalari). Ushbu muolaja homilada xromosoma va genetik kasalliklarni erta aniqlash uchun zarur.

Amniotsentez tasnifi

O‘tkazilish vaqtiga ko‘ra:

  • erta amniotsentez: homiladorlikning birinchi trimestrida (8-haftadan 14-haftagacha) bajariladi;
  • kech amniotsentez: homiladorlikning 15-haftasidan keyin bajariladi.

Kirish usuliga ko‘ra:

  • punksion adapter yordamida;
  • «erkin qo‘l» usuli bilan.

Amniotsentez uchun ko‘rsatmalar

  • Tug‘ruqdan oldingi diagnostika tug‘ma va irsiy kasalliklarni aniqlash uchun qo‘llanadi. Tug‘ma va irsiy kasalliklarning laboratoriya diagnostikasi amniotsitlarni (амниоциты) sitogenetik va molekulyar tahlil qilishga asoslanadi.
  • Amnioreduksiya (homilaoldi suyuqligi ortiqcha to‘planganda).
  • Homiladorlikni ikkinchi trimestrda to‘xtatish uchun dori vositalarini amniotik bo‘shliqqa yuborish.
  • Homilaning holatini homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida baholash (gemolitik kasallikning og‘irlik darajasi, o‘pka surfaktantining (сурфактант лёгких) yetuklik darajasi, bachadon ichidagi infeksiyalarni aniqlash).
  • Homilani davolash (фетотерапия).
  • Homila jarrohligi (фетохирургия).

Amniotsentezga qarshi ko‘rsatmalar

Tananing istalgan qismidagi o‘tkir yallig‘lanish jarayoni yoki surunkali yallig‘lanishning zo‘rayishi.

Homilador ayolda isitma holati;

Yirik mioma tugunlari.

Homila tushish xavfi va yo‘ldoshning ajralishi;;

Amniotsentez o‘tkazish texnikasi

Ultratovush nazorati ostida punksiya joyi tanlanadi. Punksiya yo‘ldoshdan tashqarida, kindik ichakchasi halqalari bo‘lmagan eng katta suyuqlik cho‘ntagida bajarilgani ma’qul. Agar ignani yo‘ldosh orqali kiritish zarur bo‘lsa, kengaygan vorsinkalararo bo‘shliqlari (межворсинковые пространства) bo‘lmagan yo‘ldoshning eng yupqa qismi tanlanadi. Amniotsentez diametri 18-22G bo‘lgan ignalar yordamida bajariladi. Texnik jihatdan amniotsentez «erkin qo‘l» usuli bilan yoki konveks abdominal datchikka o‘rnatilgan punksion adapter yordamida amalga oshiriladi. Undan foydalanish monitor ekranidagi yo‘naltiruvchi chiziq yordamida punksion ignaning harakat trayektoriyasi va kiritilish chuqurligini nazorat qilish imkonini beradi. Igna punksiya qilingandan so‘ng homila qopchasi bo‘shlig‘ida joylashganiga ishonch hosil qilingach, undan mandren chiqarib olinadi, shprits ulanadi va kerakli miqdordagi homilaoldi suyuqligi so‘rib olinadi. Shundan so‘ng igna kanaliga mandren qayta kiritiladi va igna bachadon bo‘shlig‘idan chiqarib olinadi. Muolaja tugagach, homilaning holati (yurak urishining mavjudligi va tezligi) baholanadi. Homiladorlikning uchinchi trimestrida amniotsentez bajarilganda homila holatini monitor yordamida kuzatish tavsiya etiladi. Ko‘rsatmalarga muvofiq, homiladorlikni saqlab qolishga qaratilgan davolash, muolaja vaqtida antibiotik profilaktikasi va/yoki davolash o‘tkaziladi.

Amniotsentez asoratlari

  • Homilaoldi suvlari muddatidan oldin ketishi.
  • Muolajadan keyingi dastlabki sutka ichida homilaoldi suyuqligining oz miqdorda qisqa muddat sizib chiqishi mumkin (1-2 % hollarda).
  • Homila pardalarining ajralishi.
  • Infeksiyalanish (homilaoldi suyuqligining antibakterial faolligi pastligi sababli, homiladorlikning ikkinchi trimestri infeksiyalanish xavfi jihatidan eng noqulay davr hisoblanadi).
  • Kindik ichakchasi tomirlarining yoki homilaning o‘zining shikastlanishi;
  • Homilada alloimmun sitopeniya (аллоиммунная цитопения) rivojlanishi.

Havolalar