Alohida birliklarni qayd etish, alohida neyronlar faolligini qayd etish — o‘lchash usuli bo‘lib, bunda elektrofiziologik reaksiya alohida neyronda mikroelektrod yordamida o‘lchanadi. Mikroelektrod tajribada tekshirilayotgan hayvonning boshiga joylashtirilgan mikropozitsionerga (aniq joylashtirish moslamasiga) mahkamlanadi. Ko‘pincha mikroelektrodlar to‘qimaga kiritilib, mahkamlab qo‘yiladi, shu sababli keyinchalik ularni siljitib bo‘lmaydi. Siljitiladigan elektrodlardan foydalanish usuli ham qo‘llanadi. Bunda elektrodlar ularni vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda joylashtirish imkonini beruvchi mikrodvigatelga mahkamlanadi. Ushbu usuldagi asosiy murakkablik mikroelektrodlar yordamida faqat bitta neyronning faolligini o‘lchashni ta’minlashdan iborat. Bir nechta birlik (hujayra) faolligini qayd etish natijalarini talqin qilish murakkabroq, chunki hujayralar guruhlari fiziologik jihatdan geterogen (bir xil bo‘lmagan) bo‘lishi mumkin.
- ↑ http://www.acnp.org/g4/GN401000005/CH005.html American College of Neuropsychopharmacology: Electrophysiology