Shaffoflik atamasi fan, muhandislik, biznes, gumanitar fanlar sohalarida hamda ijtimoiy harakatning umumiy kontekstida ochiqlik, muloqot va hisobdorlikni (inglizcha: Accountability) anglatadi. Bu ma’no «muhitning shaffofligi» tushunchasining majoziy kengaytirilishidan kelib chiqqan. Bunda muhitning ichidan narigi tomonini ko‘rish mumkin bo‘lgan holati nazarda tutiladi. Shaffoflikni ta’minlovchi tartib-taomillar axborotni oshkor qilish, audit, axborot erkinligi, jamoatchilik eshituvlari va shu kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Shaffoflik shunday ta’minlanadiki, subyekt yoki axborotni oluvchi shaxs nimalar shubha uyg‘otishi mumkinligini tushuna oladi. Masalan, do‘kon kassasida qaytim berishning odatiy usuli — qaytimni kassa apparatida hisoblash va uning miqdorini xaridorga ko‘rsatib, unga qaytim miqdorini tekshirish imkonini berishdir.
Posted inPsixologiya