Ponso illyuziyasi

Pontso illyuziyasiga misol. Har ikkala sariq gorizontal chiziqning o‘lchami bir xil.

Pontso illyuziyasi — optik illyuziya bo‘lib, uni ilk bor italiyalik psixolog Mario Pontso (1882—1960) 1913-yilda namoyish etgan. Uning taxminicha, odam miyasi obyektning o‘lchamini uning foniga qarab aniqlaydi. Pontso uzoqqa cho‘zilib ketgan temiryo‘l izlariga o‘xshash, bir-biriga yaqinlashuvchi ikki chiziq fonida ikkita bir xil kesma chizgan. Yuqoridagi kesma kattaroq ko‘rinadi, chunki miya yaqinlashuvchi chiziqlarni perspektiva sifatida talqin qiladi (ya’ni uzoqda tutashadigan ikkita parallel chiziq sifatida). Shu sababli biz yuqoridagi kesma uzoqroqda joylashgan deb o‘ylaymiz va uning o‘lchamini kattaroq deb hisoblaymiz. Bir-biriga yaqinlashuvchi chiziqlardan tashqari, oraliq gorizontal kesmalar orasidagi masofaning qisqarib borishi ham bu effektni kuchaytiradi.

Ayrim tadqiqotchilarning[kimlar?] fikricha, Oy illyuziyasi Pontso illyuziyasiga misol bo‘lib, bunda daraxtlar, uylar va landshaftning boshqa elementlari bir-biriga yaqinlashuvchi chiziqlar vazifasini bajaradi. Oldingi plandagi obyektlar miyamizni Oy aslidan kattaroq deb idrok etishga undaydi.

Ko‘rish illyuziyalarining bu turi sezgi modalitetini almashtirish (sensory substitution) qurilmasidan foydalanganda ham yuzaga keladi. Biroq uni idrok etish uchun shunga o‘xshash ko‘rish tajribasi zarur, chunki tug‘ma ko‘rligi bo‘lgan odamlar bu illyuziyaga sezgir emas.

Havolalar