O‘zbekistonda mustaqillik bo‘yicha referendum (1991)

O‘zbekiston mustaqilligi bo‘yicha umumxalq referendumi
Sana 29-dekabr 1991-yil
Davlat Флаг Узбекистана O‘zbekiston Respublikasi
Ovoz berish tizimi Oddiy ovozlar ko‘pchiligi
Saylovchilarning ishtiroki 94,43 %
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?»
Ha
  
98,26 %
Yo‘q
  
1,74 %

Umumxalq referendumi 31-avgust 1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan mustaqillik deklaratsiyasini — O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi deklaratsiyasini hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunni tasdiqlash maqsadida 29-dekabr 1991-yilda o‘tkazildi. Bu vaqtga kelib rasman ham, amalda ham parchalanib ketgan SSSR 26-dekabr 1991-yilda tugatilgan, 21-dekabr 1991-yildagi Olmaota deklaratsiyasi qabul qilingan va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil etilgan edi. Bundan tashqari, amalda ham, huquqiy jihatdan ham mustaqillik va suverenitetga O‘zbekiston 31-avgust 1991-yildayoq erishgan edi.

Referendumda O‘zbekiston hududidagi saylovchilarga faqat bitta savol berildi: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?». Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berganlarning 98,3 % i respublika mustaqilligini qo‘llab-quvvatladi, 1,7 % i esa qarshi chiqdi. Saylovchilarning ishtiroki 94,1 % ni tashkil etdi.

Natijalar

O‘zbekiston mustaqilligi bo‘yicha referendum — 31-avgust 1991-yil
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?"
Natijalar
Tanlov Ovozlar soni Ulush
 Tarafdor 9 718 155 98,26 %
Qarshi 172 294 1,74 %
Haqiqiy ovozlar 9 890 449 99,92 %
Haqiqiy emas deb topilgan ovozlar 8258 0,08 %
Jami ovozlar 9 898 707 100 %
Ishtirok 94,43 %
Saylovchilar soni 10 482 730

Havolalar