O‘zaro tushunish

Xususan, tilshunoslikda o‘zaro tushunarlilik — bir-biridan farq qiladigan, ammo umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan ikki til (masalan, bitta til oilasiga mansub bo‘lgan) o‘rtasidagi shunday munosabatki, bu tillarda so‘zlashuvchilar jiddiy dastlabki tayyorgarliksiz bir-birini turli darajada tushuna oladilar. O‘zaro tushunarlilik darajasi ba’zan «til — lahja» tushunchalarini farqlash mezonlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi (qarang: «Til yoki lahja» muammosi).

Ikki tilning o‘zaro tushunarliligi asimmetrik bo‘lishi mumkin. Bunday holda 1-til vakillari 2-tilni yaxshiroq tushunadilar, 2-til vakillari esa qiyinroq tushunadilar 1-tilni. Masalan, niderland tilida so‘zlashuvchilar shu tildan kelib chiqqan afrikaans tilini ushbu til grammatikasi niderland tili grammatikasiga nisbatan soddalashtirilgani sababli yaxshiroq tushunadilar. Tushunarlilik nisbatan simmetrik bo‘lgandagina u o‘zaro tushunarlilik hisoblanadi. O‘zaro tushunarlilik bir-biriga o‘xshash yoki geografik jihatdan (qo‘llanish hududi bo‘yicha) yaqin tillar orasida turli darajada, ko‘pincha quyidagi hodisa doirasida mavjud bo‘ladi: dialektal kontinuum (lahjalarning uzluksiz ketma-ketligi).

Tilning tushunarliligi

Odatda inson o‘z ona tilidan boshqa biror tilni o‘zlashtirish uchun katta kuch sarflashi va ancha vaqt ajratishi kerak. Shunga qaramay, kelib chiqishi jihatidan qarindosh, nisbatan o‘zaro tushunarli, grammatikasi, lug‘at tarkibi, talaffuzi (fonetikasi) va boshqa xususiyatlari bilan bir-biriga o‘xshash ko‘plab tillarda so‘zlashuvchilar bir-birining yozma yoki og‘zaki nutqini nisbatan oson tushuna oladilar. Kelib chiqishi jihatidan qarindosh bo‘lmagan, ammo o‘zaro tushunarli tillar qatoriga kreol tillari yoki geografik jihatdan yonma-yon joylashgan, qarindosh bo‘lmagan tillar kirishi mumkin.

Tilning tushunarlilik darajasi aholining turli guruhlarida har xil bo‘lishi mumkin. Bu ularning so‘z boyligi, boshqa madaniyatlar bilan tanishlik darajasi, suhbat mavzusi, shuningdek, psixo-kognitiv xususiyatlari, ona tilini yozma va og‘zaki shaklda egallaganlik darajasi hamda boshqa omillarga bog‘liq.

O‘zaro tushunarli tillarmi yoki bitta tilning variantlarimi?

Ko‘pincha ikki yoki undan ortiq idiom (til shakli) o‘zaro tushunarlilik darajasi yuqori bo‘lishiga qaramay, bitta tilning variantlari emas, balki alohida tillar deb hisoblanadi. Bunga siyosiy sabablar ham asos bo‘lishi mumkin (masalan, moldavan va rumin tillari).

Alohida tillar (ya’ni o‘zi mansub deb hisoblanadigan tildan sezilarli darajada farq qiluvchi mustaqil tillar) sifatida tan olinmaydigan til variantlari, aksincha, o‘zaro tushunarli bo‘lmasligi mumkin. Bunga ularning leksik, grammatik va boshqa farqlari sabab bo‘ladi. Xususan, lombard, ligur, venet va sitsiliya tillari an’anaga ko‘ra lahjalar sifatida italyan tili tarkibiga kiritiladi, biroq amalda monolingvlar (faqat bitta tilda so‘zlashuvchi kishilar) o‘rtasida ushbu lahjalarda muloqot qilish ko‘plab leksik-grammatik va fonetik farqlar tufayli ancha qiyin kechishi mumkin. Shunga o‘xshash holat xitoy va nemis tillarining bir-biridan ajralgan holda rivojlangan yoki adabiy tilning sezilarli ta’siri ostida bo‘lmagan ayrim lahjalarida so‘zlashuvchilar orasida ham kuzatiladi.

Tillarning o‘zaro tushunarliligiga misollar

Slavyan tillari

German tillari

Fin-ugor tillari

Havolalar