| Miya gumbazi | |
|---|---|
| | |
| Kataloglar | |
Miya gumbazi (lot. fornix) — ikkita egilgan tutamdan iborat tuzilma. Bu tutamlar oq moddadan tuzilgan bo‘lib, bosh miyada qadoqsimon tana ostida joylashgan va o‘rta qismida birlashib, gumbaz tanasini hosil qiladi, oldingi va orqa qismlarida esa bir-biridan uzoqlashib, mos ravishda gumbaz ustunlari va gumbaz oyoqchalarini hosil qiladi. Oq moddaning uchburchak shaklidagi plastinkasi — gumbaz bitishmasi — o‘ng va chap gippokamplarni bir-biriga bog‘lovchi tolalardan iborat. Gumbaz, shuningdek, so‘rg‘ichsimon tanalarni ham ular bilan bog‘laydi.
Rasmlar
- Miya gumbazi.