| Mialgiya | |
|---|---|
| | |
| XKT-11 | FB56.2 |
| XKT-10 | M79.1 |
| XKT-9 | 729.1 |
| DiseasesDB | 22895 |
| MedlinePlus | 003178 |
| MeSH | D063806 |
Mialgiya (myalgia; yunoncha mys, myos — «mushak» va yunoncha algos — «og‘riq» so‘zlaridan) — simptom bo‘lib, mushaklarda og‘riq (muayyan mushak guruhlarida yoki tarqoq holda) bilan namoyon bo‘ladi. U turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin; hujayra membranasi o‘tkazuvchanligining buzilishi va yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli bor. Ko‘pincha holsizlik hamda shishlar bilan kechadi. Etiologiyasiga qarab og‘riq turlicha bo‘lishi mumkin, ko‘pincha — simillovchi yoki bosuvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Bu atama ko‘pincha miozitning ayrim turlarini ifodalash uchun ishlatiladi (trixinellyoz, sistitserkoz va toksoplazmozda uchraydigan parazitar miozitlar).
Mialgiyaning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- neyrogen miopatiyalar;
- haddan tashqari jismoniy zo‘riqish (ayniqsa mashq qilmagan mushaklarda);
- jarohat, boylamlarning cho‘zilishi;
- yurak-qon tomir kasalligi;
- zaharli moddalarning (shu jumladan dori vositalarining) ta’siri;
- mushak to‘qimasining birlamchi yallig‘lanish kasalliklari (idiopatik yallig‘lanishli miopatiyalar);
- infeksion miozitlar;
- moddalar almashinuvining tug‘ma buzilishlari;
- endokrin kasalliklar;
- elektrolitlar muvozanatining buzilishi.
SSSRda epidemik mialgiyaning (uni Koksaki viruslari keltirib chiqaradi) klinik manzarasini birinchilardan bo‘lib ta’riflagan olim — K. V. Bunin.
Davolash
Mialgiyaning etiologiyasi aniqlanganida davolash asosiy kasallikni bartaraf etishga qaratiladi. Simptomatik davolash sifatida turli fizioterapevtik muolajalar, analgetiklar (masalan, elektroforez orqali novokain yuborish), kamroq hollarda esa steroid gormonlar.