| Kseroftalmiya | |
|---|---|
| XKT-10 | E50.6—E50.7 |
| XKT-10-KM | E50.7 va H04.12 |
| XKT-9 | 264.6—264.7 |
| XKT-9-KM | 375.15 |
| DiseasesDB | 34035 |
| MedlinePlus | 000426 |
| MeSH | D014985 |
Kseroftalmiya yoki ko‘z qurishi (so‘z qadimgi yunoncha tilidan olingan: ξερός «quruq» + ὀφθαλμός «ko‘z») — ko‘zning shox pardasi va kon’yunktivasi qurishi, ko‘z yoshi ajralishining buzilishi tufayli yuzaga keladi. Kseroftalmiyaga sabab bo‘lishi mumkin: avitaminoz (odatda A vitamini yetishmovchiligi), traxoma (chandiqlanish bosqichi), ko‘zning kimyoviy kuyishlari, lagoftalm, difteriya bilan zararlangan kon’yunktiva, pemfigus.
Kseroftalmiya Shegren sindromining belgisi bo‘lishi mumkin..
Rivojlanishi
Kseroftalmiya kon’yunktiva shilliq bezlarining nobud bo‘lishi va shox pardadagi moddalar almashinuvining keskin buzilishi natijasida rivojlanadi. Bu kon’yunktiva va shox parda epiteliyining muguzlanishiga, uning hujayralarining ko‘chib tushishiga hamda biriktiruvchi to‘qimaning rivojlanishiga olib keladi. Bemorlarda quruqlik, achishish, ko‘zda begona jism bordek sezish, yorug‘likdan qo‘rqish (fotofobiya), ko‘rishning yomonlashuvi. Kon’yunktiva quruq va xira bo‘lib qoladi, yog‘simon ko‘rinishdagi xira oq dog‘lar (Iskerskiy–Bitot blyashkalari) paydo bo‘ladi, shox parda yaltirashini yo‘qotadi, xiralashadi, qon tomirlari bilan qoplanadi, ko‘rish o‘tkirligi asta-sekin pasayadi. Bu jarayon ko‘pincha ikki tomonlama bo‘lib, sekin rivojlanadi.
Tasnifi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kseroftalmiyani quyidagi bosqichlarga ajratadi:
- XN - Shabko‘rlik
- X1A — kon’yunktiva kserozi
- X1B — Bitot dog‘lari
- X2 — shox parda kserozi
- X3A — shox pardaning uchdan bir qismidan kamrog‘ini zararlaydigan yaralanish/keratomalatsiya
- X3B — shox pardaning uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini zararlaydigan yaralanish/keratomalatsiya
- XS — kseroftalmiya oqibatida shox pardada chandiq paydo bo‘lishi
- XF — kseroftalmik ko‘z tubi
Epidemiologiya
Kseroftalmiya odatda 9 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi va rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili bolalar ko‘rligining 20 000 - 250 000 ta holatiga sabab bo‘ladi. Kasallik ayniqsa Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha to‘yib ovqatlanmaslik.
Adabiyotlar
- Katsnelson A. B., Kaplunovich P. S. Kseroftalmiya: uni jarrohlik yo‘li bilan davolash. Ch., 1960.
- Polunina E. V., Rumyantseva O. A., Kojuxov A. A. Oftalmologiya amaliyotida quruq ko‘z sindromi // Davolovchi shifokor. — 2004. — № 7.