Kation — musbat zaryadlangan ion. U musbat elektr zaryadining kattaligi bilan tavsiflanadi: masalan, NH4+ — bir zaryadli ammoniy kationi, Ca2+ — ikki zaryadli kalsiy kationi. Elektr maydonida kationlar manfiy elektrodga — katodga.
Atama yunoncha «καθιών» — «pastga tushuvchi», «pastga yo‘naluvchi» ma’nolarini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bu atama fanga Maykl Faradey tomonidan 1834-yilda kiritilgan.
Kation doimo musbat zaryadga ega bo‘ladi, biroq uning zaryad kattaligi turlicha bo‘lishi mumkin. Zaryad kattaligi yo‘qotilgan elektronlar soniga bog‘liq. Kationlar manfiy zaryadlangan zarrachalarni (anionlarni) o‘ziga tortib, ular bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Bunday birikmalar ion bog‘lanishiga ega.
Eng mashhur kationlardan biri — ionlashgan vodorod H+. U ko‘plab jarayonlarda, jumladan, kislota-asos reaksiyalarida va muhitning pH qiymatini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
Shubhasiz, kationlar biologik tizimlarda muhim rol o‘ynaydi. Ular hujayralar va organizmlarning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur.
Ayniqsa, kalsiy ionlari (Ca2+) asosiy kationlar bo‘lib, nerv impulslarini uzatish, mushaklarning qisqarishi, hujayralar ichki muhitining pH darajasini tartibga solish va boshqa biologik jarayonlarda ishtirok etadi.
Yana qarang
Adabiyotlar 2025
- Kationlar // Qozog‘iston. Milliy ensiklopediya. — Olmaota: Qozoq ensiklopediyasi, 2005. — III jild. — B. 190. — ISBN 9965-9746-4-0. (CC BY-SA 3.0)