JavaScript freymvorki nima

JavaScript freymvorki — bu freymvork (framework) bo‘lib, ilovalar uchun mo‘ljallangan va JavaScript dasturlash tilida yozilgan. JavaScript freymvorki boshqaruv oqimi (control flow) jihatidan JavaScript kutubxonasidan farq qiladi. Kutubxonada asosiy dastur kodi tomonidan chaqiriladigan funksiyalar mavjud, freymvork esa ilovaning umumiy tuzilmasiga tayanadi. Dasturchi freymvork kodini chaqirmaydi; aksincha, freymvork dasturchining kodini chaqiradi va undan foydalanadi. Ayrim JavaScript freymvorklari MVC (model–ko‘rinish–kontroller; model-view-controller) tamoyilidan foydalanadi. U veb-ilovaning qismlarini bir-biridan ajratish, kodni yaxshilash va keyinchalik kengaytirishni osonlashtirish maqsadida yaratilgan. JavaScript freymvorklariga misollar: AngularJS, Ember.js, Vue.js.

Havolalar