Ijtimoiy robot — jamoat joylarida avtonom yoki yarim avtonom rejimda odamlar bilan o‘zaro aloqaga kirisha oladigan va muloqot qila oladigan robot.
Reabilitatsiya uchun mo‘ljallangan ijtimoiy robot — masofadan ishtirok etish qurilmasi (telepresence) bo‘lib, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan (masalan, muloqot qilish yoki masofadan (uzoqdan) ishlash ehtiyojlarini qondirish uchun harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar undan foydalanishi mumkin). Reabilitatsiya uchun mo‘ljallangan ijtimoiy robotlar — ijtimoiy robototexnikaning tarkibiy qismlaridir. Ushbu soha imkoniyatlari cheklangan insonlarni jamiyat hayotiga (mehnat qilish, o‘qish va muloqotga) jalb etishga qaratilgan. Bunday robotlar, asosan, insonning reabilitatsiyasiga yordam berish uchun ishlatiladi.
Havolalar
- Qariyalar uylarida hamroh robotlarning dastlabki sinovlari boshlandi Arxiv nusxasi — 30-dekabr, 2010-yil, Wayback Machine
- Ijtimoiy robotlar mehmonlarni kutib oladi va yoritishni nazorat qiladi