Ijtimoiy hayvon

Ijtimoiy hayvon — o‘z turiga mansub boshqa individlar bilan faol o‘zaro munosabatga kirisha oladigan organizm.

Jamoa bo‘lib yashaydigan gorillalar va boshqa yuksak primatlar murakkab tashkil topgan ijtimoiy tuzilishga ega

Barcha sutemizuvchilar va qushlar ma’lum ma’noda ijtimoiy hayvonlardir, chunki ularga nasliga g‘amxo‘rlik qilish xos. Biroq «ijtimoiy hayvon» atamasi odatda faqat ijtimoiy uyushganlik darajasi yuqori bo‘lgan, voyaga yetgan individlari doimiy guruhlar tashkil etadigan va vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tasodifiy uchrashuvlar bilangina cheklanmaydigan turlarga nisbatan qo‘llanadi.

Hayvonlarning ijtimoiy xulq-atvorini qiyosiy psixologiya, etologiya va sotsiobiologiya o‘rganadi. Ijtimoiy xulq-atvorni o‘rganishda odatda quyidagi savollarga javob izlanadi:

  • Ijtimoiy guruh odatda qanday kattalikda bo‘ladi? Guruh kattaligini qanday omillar cheklaydi? Guruhlarning bo‘linib ketishiga yoki birlashishiga nima sabab bo‘ladi?
  • Bu tur hududiy xulq-atvorga egami? Agar shunday bo‘lsa, qay darajada? Hudud himoya qilinadimi va bundan qanday maqsad ko‘zlanadi? Hududni alohida individ himoya qiladimi yoki individlar guruhimi?
  • Guruhda doimiy iyerarxiya mavjudmi?

Hayvonlarning ijtimoiyligi bir turga mansub individlar o‘rtasida o‘limga olib keluvchi zo‘ravonlikka zamin yaratishini Nature jurnalida 2016-yilda chop etilgan tadqiqot ko‘rsatdi.

Xususan, oziqlanish xulq-atvori ijtimoiylikning kelib chiqish sirini ochish kaliti sifatida qaralgan (qarang: Trofallaksis).