| Shahar | |||
| Fes | |||
|---|---|---|---|
| arab. فاس, berber. ⴼⴰⵙ | |||
| | |||
|
|||
| 34°02′39″ shimoliy kenglik 05°00′07″ g‘arbiy uzunlikHGYaO | |||
| Mamlakat |
|
||
| Viloyat | Fes — Meknes | ||
| Prefektura | Fes | ||
| Shahar hokimi | Abdussalom Bekkali | ||
| Tarixi va geografiyasi | |||
| Asos solingan | 789-yilda | ||
| Maydoni | 320 km² | ||
| Markazining balandligi | 414 m | ||
| Iqlim turi | tropik | ||
| Vaqt mintaqasi | UTC+1:00, yozda UTC+2:00 | ||
| Aholisi | |||
| Aholisi | ↗ 1 256 172 kishi (2014) | ||
| Aholi zichligi | 3926 kishi/km² | ||
| Millatlar | arablar, berberlar va boshqalar | ||
| Diniy mansublik | sunniy musulmonlar | ||
| Rasmiy til | arab tili | ||
| Raqamli identifikatorlar | |||
| Telefon kodi | 05356 | ||
| Pochta indeksi | 30000 — 30206 | ||
|
|
|||
| fescity.com | |||
Fes (arab. فاس, Fas, berber. ⴼⴰⵙ, frans. Fès) — tarixiy saltanat shaharlari ichida eng qadimiysi bo‘lib, Marokashning to‘rtta shunday shahridan biridir. Shuningdek, u Shimoliy Afrikadagi eng yirik islom madaniyati va ta’lim markazidir. Fes — Meknes viloyatining ma’muriy markazi bo‘lib, shu viloyat tarkibidagi Fes prefekturasini tashkil etadi.
2014-yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Fes aholisi 1 112 072 kishini tashkil etgan. Bu Marokashdagi ikkinchi yirik shahar bo‘lib, undan kattasi — Kasablanka.
Tarix
Fes daryosining sharqiy sohilidagi manzilgohga taxminan 789-yilda Idris I asos solgan. Oradan 20 yil o‘tib, daryoning qarama-qarshi sohilida shaharning ikkinchi qismiga uning o‘g‘li Idris II asos solgan hamda Fesni poytaxt qilgan. Bu davlat — Idrisiylar davlati (Fes davlati). Almoraviylar XI asrda shaharning ikkala qismini birlashtirgan. Almohadlar hukmronligi davrida, XII asr oxiriga kelib, Fes butun islom olamining eng yirik shaharlaridan biriga aylangan. XIV asr o‘rtalarida Mariniylar Fesni yana Marokash poytaxtiga aylantirib, yangi binolar bilan bezagan.
Geografiya



Fes uch qismdan iborat:
- Fes al-Bali — o‘rta asrlarga oid devor bilan o‘ralgan qadimiy madina bo‘lib, dunyodagi eng yirik piyodalar hududlaridan biridir. Jahon merosi ro‘yxatiga 1981-yilda kiritilgan.
- Fes-Jdid — XIII asrda Mariniylar tomonidan asos solingan ikkinchi madina. Bu mahallada Mariniylar davriga oid ko‘plab yodgorliklar, jumladan, amir saroyi va rang-barang koshinlar bilan qoplangan minora mavjud. Shu hududda Fesning qadimiy yahudiylar mahallasi ham joylashgan. So‘nggi o‘n yilliklarda bu mahalla aholisining katta qismi ko‘chib ketgan. Ularning ko‘chib borgan mamlakati — Isroil.
- Yangi Fes — 1916-yilda marshal Yuber Lyote tomonidan Yevropa shaharsozligi tamoyillariga muvofiq barpo etila boshlangan. 1912-yilda Fes shartnomasi imzolangach, Marokash yarim asr davomida Fransiya protektoratiga aylangan.
Iqlim
| Ko‘rsatkich / Davr | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| O‘rtacha maksimal harorat, °C | 16 | 17 | 19 | 21 | 24 | 28 | 33 | 33 | 29 | 24 | 19 | 16 | 23 |
| O‘rtacha minimal harorat, °C | 6 | 7 | 8 | 9 | 14 | 15 | 18 | 18 | 17 | 13 | 9 | 9 | 12 |
| Yog‘in miqdori (me’yor), mm | 71 | 102 | 94 | 89 | 53 | 25 | 3 | 3 | 18 | 64 | 89 | 86 | 695 |
| Manba: Lat34North.com, Yahoo.com | |||||||||||||
Diqqatga sazovor joylar
- Al-Attorin madrasasi
- Bu Inoniya madrasasi
- Shuara teri bo‘yash ustaxonalari
- Jnon Sbil bog‘i (Jnon Sibil, «Bujelud bog‘lari» nomi bilan ham mashhur)
- Borj Nord qal’asi
- Bob Bujelud masjidi
- Bob Bujelud darvozasi (Fesning ramzi)
- At-Tojimuvati masjidi
Al-Qaraviyyin
Fesning diqqatga sazovor joylari orasida diniy va ta’limiy Al-Qaraviyyin majmuasi alohida o‘rin tutadi. Unga 859-yilda Fotima al-Fihriy Qayruvon shahridan kelib asos solgan (nomi ham shu shahar nomidan olingan). Ginnesning rekordlar kitobi uni «dunyodagi uzluksiz faoliyat yuritayotgan eng qadimiy oliy ta’lim muassasasi» deb e’tirof etadi. Masjid Al-Qaraviyyin muntazam kengayib borgan va o‘rta asrlar oxiriga kelib, 20 minggacha namozxonni sig‘dira oladigan Shimoliy Afrikadagi eng katta masjidga aylangan. Al-Qaraviyyin hududida Fes asoschisi Idris II ning qabri joylashgan.
Bayramlar va festivallar
1994-yildan beri Fesda «Fès des Musiques Sacrées» nomli muqaddas musiqa festivali o‘tkaziladi. U shaharni dunyo xalqlari musiqasi va folklor ixlosmandlari orasida mashhur maskanga aylantirgan. BMT ushbu musiqiy anjumanni xalqlar o‘rtasida muloqotni rivojlantirishga xizmat qiluvchi eng muhim jahon tadbirlaridan biri deb e’tirof etgan.
Birodarlashgan shaharlar
Al-Quds (arab. القُدس), Falastin muxtoriyati
Antverpen (niderl. Antwerpen), Belgiya
Bobo-Diulaso (frans. Bobo-Dioulasso), Burkina-Faso
Izmir (turk. İzmir), Turkiya
Qayruvon (arab. القيروان), Tunis
Kordova (ispan. Córdoba), Ispaniya
Koimbra (portugal. Coimbra), Portugaliya
Lahor (urdu لاہور), Pokiston
Monpelye (frans. Montpelier, oksitan. Monpelhi`r), Fransiya
Multon (urdu ملتان), Pokiston
Puebla-de-Saragosa (ispan. Puebla de Zaragoza), Meksika
Sen-Lui (frans. Saint-Louis), Senegal
Strasburg (frans. Strasbourg), Fransiya
Suvon (koreys. 수원시, 水原市), Janubiy Koreya
Tlemsen (arab. تلمسان), Jazoir
Florensiya (ital. Firenze), Italiya
Galereya
- Bob al-Maxzen — Fes-Jdid (yangi madina) darvozasi
- Yahudiylar mahallasidagi ko‘cha
- Fes-Jdid — yangi madinadagi ko‘cha
- Fes-Jdid — yangi madinadagi ko‘cha
- Eski madinadagi ko‘cha
- Eski madinadagi ko‘cha
Mashhur shahar farzandlari
Havolalar
Adabiyot
- Gusterin P. V.. Arab Sharqi shaharlari. — M.: Sharq—G‘arb, 2007. — 352 b. — (Ensiklopedik ma’lumotnoma). — 2000 nusxa. — ISBN 978-5-478-00729-4