Dorilarga allergiya

Dori vositalariga allergiya (DVA) — bu dori vositalariga nisbatan yuzaga keladigan ikkilamchi reaksiya bo‘lib, umumiy yoki mahalliy klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Dori vositalariga allergik reaksiya preparat qayta yuborilgandagina (u bilan takroran aloqa yuzaga kelganda) rivojlanadi.

U yoki bu preparatni og‘iz orqali qabul qilish yoki parenteral yuborish natijasida yuzaga keladigan reaksiya — dori vositasiga nisbatan allergiya.

Ko‘pincha allergik reaksiyaga sabab bo‘luvchi dori vositalari qatoriga antibiotiklar, butadion, aspirin, aminazin, tubazid, piramidon, butamid va boshqa ko‘plab dori vositalari kiradi.[manba ko‘rsatilmaganiga 4191 kun bo‘ldi]

Shuni yodda tutish kerakki, aspirin va salitsil kislotasi hosilalari bilan zaharlanish holatlari barcha o‘tkir dori vositalari bilan zaharlanish holatlarining 20 %[manba ko‘rsatilmaganiga 4191 kun bo‘ldi]ini tashkil etadi; boshqacha aytganda, beshdan bir qismidir.

Dori vositalariga allergiya nisbatan kam uchraydi. Dori vositasiga allergiyani ayrim fermentlarning tug‘ma nuqsonlari va psixogen reaksiyalar bilan adashtirish mumkin. Bu fermentlar dori vositasini faolsizlantiradi.

Allergik reaksiyalarning belgilari

Allergik reaksiyalar turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: eshakemi, eritema, qavariq toshmalar, Kvinke shishi (angionevrotik shish), ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi, bo‘g‘ilish xuruji va hatto anafilaktik shok; u juda tez rivojlanib, o‘limga olib kelishi mumkin. Bu shokning belgilari: spazm — bronxlar silliq mushaklarining qisqarishi, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, eshakemi, terining qichishishi, qon quyilishlar, kollaps, hushdan ketish.

Allergik reaksiyaning yagona belgisi uzoq davom etuvchi isitma, ayniqsa antibiotiklar yuborilganda, bo‘lishi mumkin. Dori vositalariga allergiya gematologik o‘zgarishlarga ham sabab bo‘lishi mumkin: eozinofiliya (u dori vositasi bekor qilingandan keyin ham ko‘pincha uzoq vaqt saqlanib qoladi), agranulotsitoz va boshqalar.

Adabiyotlar

  • «Shoshilinch terapevtik yordam», A. I. Germanov. Kuybishev, 1971-yil. — 350 bet.

Havolalar