Diqqatni jamlash — biror obyekt haqidagi axborotni qisqa muddatli xotirada saqlab turish. Bunday saqlash dunyo haqidagi umumiy tasavvurdan «obyekt»ni alohida tushuncha sifatida ajratib olishni nazarda tutadi.
Diqqatni jamlash — diqqatning xususiyatlaridan biri. Diqqatning boshqa xususiyatlari — barqarorlik, hajm va bir obyektdan boshqasiga ko‘chish qobiliyati. Diqqatni jamlash qobiliyatining buzilishi «diqqat tarqoqligi».
Tasnifi
Diqqat ixtiyoriy, ixtiyorsiz va ixtiyoriydan keyingi turlarga bo‘linadi:
- Ixtiyoriy diqqat — shaxsiy qiziqish bo‘lmagan taqdirda ham biror obyektga diqqatni qaratishga yo‘naltirilgan hamda muayyan sabablarga ko‘ra (kasbiy faoliyat, ta’lim va shu kabilar) zarur bo‘lgan ongli jarayon.
- Ixtiyorsiz diqqat — yangi, yorqin yoki noodatiy obyektlar ta’sirida yuzaga keladigan, ongli ravishda boshqarilmaydigan jarayon.
- Ixtiyoriydan keyingi diqqat — shaxsiy yoki kasbiy qiziqish tufayli diqqatni jamlash uchun alohida zo‘riqishni talab qilmaydigan ixtiyoriy diqqat.
Shunga ko‘ra, diqqat turlaridan kelib chiqib, diqqatni jamlash ham ixtiyoriy, ixtiyorsiz va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi.
Zamonaviy fan
Zamonaviy psixologlar uzoq vaqt davomida diqqatni jamlash vaqt o‘tishi bilan ko‘rish stimullarini idrok etishni osonlashtiradi va ularning kontrastini kuchaytiradi, deb hisoblaganlar. Bu fikrni Semyuel Ling (ingl. Samuel Ling) rad etgan. U Nyu-York universiteti vakili.