Arxipelag nima

Arxipelag (yunoncha Αρχιπέλαγος) — bir-biriga yaqin joylashgan orollar guruhi. Odatda arxipelagdagi orollar bir xil jarayon (materikdan ajralish, vulkanik faoliyat, marjonlarning shakllanishi) natijasida paydo bo‘ladi hamda o‘xshash geologik tuzilishga ega bo‘ladi.

Etimologiya

«Arxipelag» so‘zi (qadimgi yunoncha ἄρχιπέλαγος — «bosh dengiz») quyidagi qismlardan hosil bo‘lgan: ἄρχι- — «bosh» va πέλαγος — «dengiz». Dastlab «arxipelag» (italyancha Arcipelago) atamasini venetsiyaliklar XIII asrda Egey dengizi va Yunon arxipelagi, ya’ni Egey dengizidagi orollar uchun ishlatishgan.

Eng yirik arxipelaglar

Janubiy Shetland orollari — Antarktikadagi orollar guruhi
Kergelen arxipelagi — bitta yirik orol va ko‘plab kichik orollardan iborat
Novaya Zemlya — ikkita yirik va bir nechta kichik oroldan iborat

Havolalar