Kimyoviy bog'ning asosiy tavsiflari

Kimyoviy bog'ning asosiy tavsiflari

Har qanday kimyoviy modda — atomlar va ularning birikishidan hosil bo'lgan kristallar, molekulalar va ionlardan tashkil topgan materiyadir. Bularda atomlar bir-birlari bilan ma’lum turdagi bog'lanishlar (kuchlar) vositasida birikadilar. Bu bog'lanishlar yuzaga kelish mexanizmi, tabiati ularda ishtirok etuvchi zarrachalaming turlariga ko'ra bir necha xil bo'ladi.

Kimyoviy bog'lanishlarga va ulaming hosil bo'lishiga atomlarning elektron tuzilishi nuqtai nazaridan qarash lozim. Chunki kimyoviy bog'lanishlarning hosil bo'lishida ishtirok etuvchi asosiy vosita — elektronlar va elektron bulutlaridir. Umuman, har qanday kimyoviy bog'lanish o'zaro birikuvchi atomlartashqi (va tashqidan oldingi) elektron qavatdagi 1 yoki birnecha elektron bulutlarining yadrolar o‘rtasida qayta taqsimlanishi (bir-birini o‘zaro qoplashi) natijasida hosil bo'luvchi ko'p yadroli va ko'p elektronli sistemadir. Kimyoviy bog‘lanishlarning asosiy tavsifnomalari qatoriga kimyoviy bog'lanish energiyasi, bog'lanish uzunligi, bog'lar orasidagi burchak (valent burchagi) va bog'lanish tartibi kiradi.

Bog'lanish energiyasi

Kimyoviy bog'ni uzish uchun zarur bo'lgan eng kam energiya miqdoriga bog'lanish energiyasi deyiladi. U E bilan belgilanib, kJ/mol va kkal/mol da o'lchanadi. H2 — molekulasidagi H—H bog'lanish energiyasi EH2= 436 kJ/mol. Ikki atomli molekulalarda bog'lanish energiyasi shu molekulani atomlarga parchalanish (dissotsilanish) energiyasiga teng.

Agar molekulada 2 va undan ortiq kimyoviy bog'lanish mavjud bo'lsa, har bir bog'lanish energiyasi qiymati umuman molekulaning parchalanish energiyasi bog'lanishlari soniga bo'lib hisoblanadi. CH4 molekulasining parchalanish energiyasi 1649 kJ teng. Bu molekulada 4 ta C—H bog'i bor. Har bir bog'ning energiyasi E(C-H) = D/4 = 1649/4 = 412,25 kJ bo'ladi.

Bog'lanish energiyasi qanchalik katta bo'lsa, bog' shunchalik barqaror bo'ladi. Bog'lanish energiyasining qiymati o'zaro birikuvchi atomlaming tabiatiga, bog'lanish turi va tartibiga bog'liq bo'ladi. Masalan: H2O molekulasida E(H—O) = 460,5 kJ/mol; H2S molekulasida E(H—S) = 229,4 kJ/mol bo'lsa, H2Se — molekulasida E(H—Se) = 174,8 kJ/mol; H2Te da E(H—Те) = 140,5 kJ/mol.

Bog'ning uzunligi

Kimyoviy bog'ning uzunligi r-harfi bilan belgilanib, nm da o'lchanadi.

Bog‘ning uzunligi deb, kimyoviy bog'lanishning hosil bo'lishida ishtirok etgan atomlar yadrolari о‘rtasidagi masofaga aytiladi.

Vodorod molekulasidagi H—H bog'ining uzunligi r(H-H) = 0,074 nm. Kimyoviy bog'lanishlarsoni ortishi bilan bir xil element atomlari hosil qilgan bog'ning uzunligi quyidagicha o'zgaradi:

H3C—CH3 da rc-c = 0,154 nm,
H2C = CH2 da rc-c = 0,135 nm,
HC = CH da rc-c = 0,121 nm ga teng

Valent burchagi

Kimyoviy bog'lanishlar orasidagi burchak valent burchagi (yoki bog'lanish burchagi) deyiladi. Agar H2O molekulasi olib qaralsa, H—О bog'i bir-biriga nisbatan 104,5° burchak ostida joylashadi va molekula burchaksimon tuzilishga ega bo‘ladi. CH4 molekulasida bog‘lar orasidagi burchak 109,5°.

Bog'lanish tartibi

O'zaro kimyoviy bog' hosil qilgan atomlar orasida hosil bo'lgan bog'lanishlar soni bo'lib, birlamchi, ikkilamchi (qo'sh bog'), uchlamchi (uch bog') va ba’zi hollarda to'rtlamchi bog'lanish mavjud bo'ladi. Bog'lanishlar tartibi karrali ortishi bilan bog'ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi (yuqoridagi misollarga qarang).