Indikatorlar haqida tushuncha

Indikatorlar haqida tushuncha

Eritmalarning muhitini aniqlash uchun kislota asos indikatorlari ishlatiladi. "Indikator" belgi, xabar beruvchi ma'nosini bildiradi. Kislota-asos indikatori eritmadagi H+ yoki OH- ionlari miqdoriga ko'ra o'z rangini oʻzgartiradigan kuchsiz kislota yoki kuchsiz asos xossali moddalardir.

Indikatorlarning rang o'zgartirishi ular tarkibidagi H+(OH-) ionlari ajralishi (yoki birikishi) natijasida modda tuzilishi (bog'larning tartibi va joylashuvi)ning oʻzgarishi bilan tushuntiriladi. Har qanday indikatorlarni HInd umumiy formulasi bilan belgilasak, rang o'zgarishiga olib keluvchi dissotsilanishi:

HInd ⇆ H++ Ind-

Bunda, HInd-rangli, Ind--rangsiz bo'ladi, yoki HInd - rangsiz, Ind- - rangli yoki Hind va Ind- turli ranglarga ega bo'ladilar.
Masalan, fenolftalein indikatori kislotali eritmada (HInd) rangsiz, ishqoriy muhitda (Ind) binafsha rangga ega. Har bir indikator uchun rang o'zgartirish pH intervali boʻlib, uning qiymati indikatorning tuzilishi, tarkibi va dissotsilanish doimiysi K d(ind) ga bog'liq bo'ladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin:

∆pH (ind) = pKd(ind) ±1

Masalan: ∆pH (fenolftalein) = 8,3—9,8 boʻlsa, metiloranj uchun ∆pH = 3,1 - 4,4 ga teng, ya'ni metiloranj pH ≥ 4,4 dan boshlab sariq rangli, pH < 3,1 gacha qizil rangli boʻladi.