| Hazrati Imom majmuasi | |
|---|---|
| o‘zb. Hazrati Imom majmuasi | |
| | |
| 41°33′51″ sh. k. 69°24′00″ sh. u.HGYaO | |
| Turi | Me’moriy majmua |
| Mamlakat |
|
| Shahar | Toshkent, Zarqaynar ko‘chasi |
| Bino turi | Majmua |
| Tabarruk yodgorliklar va muqaddas qadamjolar | Samarqand kufiy Qur’oni |
Hazrati Imom majmuasi (o‘zb. Hazrati Imom majmuasi) — Toshkent shahridagi diniy majmua. Majmua Toshkent imomi, olim, Qur’on va hadis bilimdoni, Toshkentda islom dinining dastlabki targ‘ibotchilaridan biri, shoir va hunarmand Hazrati Imom (to‘liq ismi — Abu Bakr ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy) qabri atrofida barpo etilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, u qulf va kalit yasash ustasi ham bo‘lgan. Shu sababli unga «Qaffol», ya’ni «qulfsoz» laqabi berilgan. U 72 tilni bilgan va Qadimgi Ahdni (Tavrotni) arab tiliga tarjima qilgan.
Me’moriy inshootlardan tashqari, bu yerda sharq qo‘lyozmalari kutubxonasi ham mavjud. Unda saqlanadigan mashhur qo‘lyozmalardan biri — xalifa Usmon Qur’oni.
Qur’onning katta o‘lchamli 353 ta pergament varag‘i bor. Dastlab Qur’on Madinada, keyin Damashq va Bag‘dodda saqlangan. Bag‘doddan Samarqandga Qur’onni Amir Temur olib kelgan. 1869-yilda Usmon Qur’oni Sankt-Peterburgga olib ketilgan va u yerda uning haqiqiyligi tasdiqlangan. Keyin Qur’on Ufaga topshirilgan, shundan so‘ng esa Toshkentga olib kelingan.
Toshkentda saqlanayotgan Usmon Qur’oni bizgacha yetib kelgan Qur’onning yagona asl qo‘lyozmasi hisoblanadi. Buni xalqaro YUNESKO tashkiloti 2000-yil 28-avgustda bergan sertifikat tasdiqlaydi.
Hazrati Imom majmuasining qurilishi 2007-yilda yakunlangan. Majmua quyidagi binolardan iborat:
| Yodgorlikning old ko‘rinishi | Yodgorlik hovlisi yoki ichki xonasi | Yodgorlik tavsifi |
| Hazrati Imom jome masjidi. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va loyihasi asosida barpo etilgan. Masjidda ikkita gumbaz va balandligi 53 metr bo‘lgan ikkita minora mavjud. Gumbazlarning ichki qismi zarhal yupqa oltin varaqlar bilan bezatilgan. Masjidga kiraverishda ayvon bor. Undagi 20 ta o‘ymakor ustun sandal daraxti yog‘ochidan ishlangan. Deraza o‘rinlari shunday loyihalashtirilganki, quyosh nurlari tong otishidan kun botguniga qadar masjid ichiga tushib turadi. | ||
| Mo‘yi Muborak madrasasi. Madrasa XVI asrda qurilgan. Unda payg‘ambar Muhammadning soch tolasi saqlanadi. Madrasa nomi ham shu bilan bog‘liq. Madrasada O‘zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasi joylashgan. Kutubxona fondida Usmon Qur’oni (644—648-yillarga oid), shuningdek, 20 mingga yaqin kitob va qo‘lyozma hamda Qur’onning 30 dan ortiq tilga qilingan tarjimalari mavjud. Ayrim manbalarga ko‘ra, Mo‘yi Muborak («Muqaddas soch») madrasasi 1856—1857-yillarda Qo‘qon xoni Mirzo Ahmad Qushbegining farmoni bilan qayta qurilgan. | ||
| Hazrati Imom maqbarasi | ||
| Baroqxon madrasasi. 1531—1532-yillarda Ulug‘bekning nabirasi — Navro‘z Ahmadxon farmoni bilan qurilgan. U «Baroqxon», ya’ni «omadli» laqabi bilan tanilgan. Madrasa ichida ikkita maqbara mavjud. Ulardan biri — Suyunchxo‘jaxon maqbarasi bo‘lib, u Toshkentning o‘zbek Shayboniylar sulolasidan chiqqan birinchi hukmdori Suyunchxo‘jaxon qabri ustiga qurilgan. Ikkinchi maqbara «Nomsiz» deb ataladi. U Baroqxon uchun qurilgan, ammo Baroqxon keyinchalik Samarqandda dafn etilgan. Baroqxon madrasasi hujralarining eshiklari fil suyagi va rangli metallar bilan bezatilgan. | ||
| Namozgoh masjidi. 1845—1865-yillarda qurilgan. Qo‘qon xoni Xudoyor hukmronligi davrida bu yerda juma va bayram namozlari o‘qilgan. Inqilob yillarida masjid vayron qilinib, talon-toroj etilgan. XX asrning 70-yillarida qayta tiklanib, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasiga topshirilgan. 1971-yilda masjid hududida Imom al-Buxoriy nomidagi Islom instituti ochilgan. | ||
| Hazrati Imom maqbarasi (Qaffol Shoshiy). XVI asrda Hazrati Imom (Abu Bakr ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy) xotirasiga qurilgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan, mayolika bilan bezatilgan va to‘rtburchak shaklga ega. Uning tepasida katta moviy gumbaz bor. Bino derazalari ganch panjaralar bilan bezatilgan.
Maqbara xonaqoh ko‘rinishida bo‘lib, tarkibiga hujralar, masjid, qabrxona va darveshlar hujralarda boshpana olishi uchun mo‘ljallangan boshqa xonalar kiradi. Qaffol Shoshiy qabr toshining ikki tomonida chillaxonalar tutashib joylashgan. Bu yerda Hazrati Imomning o‘g‘illari va shogirdlari ham dafn etilgan. Maqbaradan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Xoja Ahror Valiy yashagan uy bor. Hazrati Imom (Abu Bakr ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy) maqbarasini butun dunyo musulmonlari e’zozlaydi. | ||
Maqbara yaqinida tasavvuf ustasi, davlat arbobi va avliyo Xoja Ahror Valiy yashagan uy joylashgan. Hazrati Imom majmuasining yana bir inshooti — «Tilla Shayx» jome masjididir. U XIX asrda Toshkentning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan Tilla Shayx mablag‘i hisobiga qurilgan. Masjidda namozxonlar qulayligi uchun ikkita mehrob mavjud.
Hazrati Imom majmuasiga O‘zbekiston xalq ustalari tomonidan qurilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi binosi ham kiradi. Ayni shu binoda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ham joylashgan.
2018-yildan buyon Hazrati Imom majmuasiga tutash hududda qurilishi davom etayotgan inshoot — Islom sivilizatsiyasi markazi.