| Diskalkuliya | |
|---|---|
| | |
| KXT-11 | MB4B.5 |
| KXT-10 | F81.2 va R48.8 |
| KXT-9 | 315.1 va 784.69 |
| KXT-9-KM | 315.1 |
| MedlinePlus | 001534 |
| MeSH | D060705 |
Diskalkuliya (qadimgi yunoncha δυς- «yomon» va lotincha calculāre «hisoblamoq» so‘zlaridan) — o‘rganish qobiliyatining yo‘qligi, xususan, arifmetika sohasida. Ko‘pincha bu boshqa nevrologik va ruhiy muammolarning ikkilamchi oqibati emas, balki mustaqil buzilishdir. Diskalkuliyaning asosida quyidagi qobiliyatning yo‘qligi yotadi: subitizatsiya (subitizing) — obyektlar sonini bir qarashdayoq (ya’ni sanamasdan) aniqlash qobiliyati. Bu vazifani miyada quyidagi tuzilma bajaradi: tepa bo‘lagining tepa ichki egati (intraparietal sulcus). Diskalkuliyasi bor odamlarda miyaning ushbu sohasi aksariyat odamlardagiga qaraganda kichikroq va yetarlicha faol emas. Bunday odamlarda ko‘pincha disleksiya va diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik buzilishi ham kuzatilishi mumkin.
Alomatlari
Ushbu sindrom quyidagi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi:
- Ko‘rish maydonidagi buyumlar sonini tezda aniqlay olmaslik. Masalan, stol ustida 3 ta kitob turgan bo‘lsa, odam ularni bittalab sanamagunicha nechta kitob borligini aniqlay olmaydi.
- Oddiy matematik amallarni bajarishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelish. Masalan, diskalkuliyasi bor odam nima uchun 3 + 3 = 6 ekanini tushuna olmaydi.
- Vaqtni mavhum tarzda hisoblashda qiyinchiliklarga duch kelish. Masalan, bunday odamlar rejalashtirilgan uchrashuvlarga kechikishi mumkin.
- Bosib o‘tilgan masofani intuitiv tarzda hisoblash ko‘nikmasining yo‘qligi.
- Harakatlarni muvofiqlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelish.
Har holda, bu holat insonning intellekt darajasini belgilamaydi. Diskalkuliya sindromi bor odamlar ko‘pincha shoir, rassom, haykaltarosh bo‘lib yetishadilar va demak, til o‘rganish yoki yozishda muammoga duch kelmaydilar.
Davolash
Buzilishni korreksiya qilishda neyrobiologik ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan maxsus o‘rgatuvchi kompyuter dasturlari yordam berishi mumkin.
Havolalar
- Diskalkuliyani davolash mumkinmi? Arxiv nusxasi — 7-iyun 2011-yil, Wayback Machine
- Diskalkuliya Arxiv nusxasi — 17-iyul 2019-yil, Wayback Machine