Atlas tog‘lari

Atlas
arab. جبال الأطلس, berbercha ⵉⴷⵔⴰⵔⵏ ⵏ ⵡⴰⵟⵍⴰⵚ, frans. Massif de Atlas
Карта, показывающая расположение гор Атлас на севере Африки (отмечено красным)
Shimoliy Afrikadagi Atlas tog‘larining joylashuvini ko‘rsatuvchi xarita (qizil rang bilan belgilangan)
Xususiyatlari
Maydoni775 340 km²
Uzunligi2092 km
Kengligi1019 km
Eng baland nuqtasi
Eng baland cho‘qqisiTubkal 
Eng baland nuqtasi4167 m
Joylashuvi
31°03′42″ shim. k. 7°54′57″ g‘arb. u.HGЯO
Mamlakatlar
Африка
Красная точка
Atlas
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Atlas tog‘ tizmalari
Atlas tog‘larining Marokashdagi joylashuvini ko‘rsatuvchi xarita

Átlas, Atlas tog‘lari (arab. جبال الأطلس‎ jibāl al-aṭlas, berbercha ⵉⴷⵔⴰⵔⵏ ⵏ ⵡⴰⵟⵍⴰⵚ idraren n waṭlaṣ, frans. Massif de Atlas) — yirik tog‘ tizimi bo‘lib, Afrikaning shimoli-g‘arbida joylashgan. U Atlantika okeani sohilidan, Marokashdan boshlanib, Jazoir orqali Tunis qirg‘oqlarigacha cho‘ziladi. Tizmalarning uzunligi — 2092 km. Eng baland cho‘qqisi — Tubkal (4167 m) bo‘lib, janubi-g‘arbda joylashgan.

Etimologiyasi

Atlas tog‘lari nomi odatda qadimgi yunonlarning osmonni yelkasida ko‘tarib turgan titan Atlant (yun. Ἄτλας) haqidagi afsonasi bilan bog‘lanadi. Ammo Strabon, Katta Pliniy bu tog‘larning mahalliy aholi orasida qo‘llangan nomlarini keltirgan: Diris, Addiris. Bu nomlarning berbercha adrar — «tog‘» so‘ziga ma’lum darajada o‘xshashligi «Atlas» nomi ushbu so‘zdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, degan farazni yuzaga keltirgan. «Atlas» nomi tog‘ tizimining ayrim qismlari nomida ham uchraydi: Baland Atlas, O‘rta Atlas, Sahara Atlasi.

Tavsifi

Dastlab Atlas deb faqat qadimgi Mavretaniya hududidagi, ya’ni hozirgi Atlasning g‘arbiy va markaziy qismidagi tog‘lar atalgan. Keyinchalik bu nom Kotey burnidan (hozirgi Spartel burni, Tanjer yaqinida) Sirt ko‘rfazlarigacha (Kichik Sirt) cho‘zilgan butun tog‘ tizimiga nisbatan qo‘llana boshlagan. Atlas tog‘lari O‘rta yer dengizi va Atlantika okeani sohillarini Sahara cho‘lidan ajratib turadi. Bu yerda asosan arablar va berberlar (Marokash), jumladan, kabillar (Jazoir) yashaydi. Atlas tog‘lari Tell-Atlas, Baland Atlas, O‘rta Atlas, Sahara Atlasi tizmalari, ichki platolar (Baland platolar, Marokash Mesetasi) hamda tekisliklardan iborat.

Dastlab antik dunyo Atlas tog‘lari mavjudligini finikiyaliklar sayohatlari, keyin esa dengiz safari tavsifi — peripl muallifi Gannonning asari hamda Polibiyning taxminan miloddan avvalgi 146-yilda amalga oshirgan dengiz safari orqali bilib olgan. Atlas tog‘larini kesib o‘tgan birinchi rimlik — Gay Svetoniy Paulin (milodiy 42-yil). Atlas tog‘larini o‘z asarlarida batafsil tavsiflagan muallif — Tirlik Maksim (milodiy II asr).

Adabiyotlar

Havolalar